Farrux Fattoyev (1982-yilda tugʻilgan) – ilmiy izlanishlarini AQSHda olib borayotgan fizika fanlari doktori, professor. Hamkasblarining gravitatsion toʻlqinlar boʻyicha qilgan tadqiqotlaridan foydalanib, yadroviy moddalar holati tenglamasini aniqlagan, shuningdek, neytron yulduzining radiusi tenglamasining 14 km dan yuqori boʻla olmasligini isbotlagan[1][2]. Bundan tashqari Fattoyev neytron yulduzlari sovishi mumkin boʻlgan eng tez neytrino-emissiya mexanizmining birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri dalillarini topdi[3][4][5]. Fattoyev 10 dan ortiq yadroviy holat tenglamalari muallifi. Uning modellari dunyo miqyosida maʼruf boʻlib, jumladan birinchi boʻlib neytron terisi tajribasini neytron yulduziga kuzatuvlariga boʻglaydigan ibora bilan aytganda yadroviy narvon yasaydi[6][7]. Ayniqsa, oxirgi yadroviy modellaridan biri neytron yulduzlarining massasi 2.6 quyosh massasiga teng boʻlishi mumkinligini isbotlaydi va bir qancha xorij yangiliklarida muhokamaga sabab boʻladi[8]. Fattoyev 40 dan ortiq ilmiy maqolaning muallifi boʻlib, maqolalariga 3100 dan ortiq havola yoʻllangan[9].

Yoshlik davri tahrir

Olim Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Fizika fundamental fan boʻlgani bois fizik olim boʻlib yetishishiga maktabdagi barcha fanlarga bir xil qiziqishi sabab boʻlganini taʼkidlaydi[10][11]. Bu choʻqqilarga erishishiga ustozlarining naqshi muhimligini taʼkidlaydi[12].

Taʼlim tahrir

Samarqand Davlat Universiteti (2002);

Oʻzbekiston Milly Universiteti (2004);

Trieste Universiteti va Abdus Salom nomidagi Xalqaro Nazariy Fizika Markazi (Italiya, 2007);

Florida Shtat Universiteti (Florida State University, AQSH, 2011)[13].

Manbalar tahrir

  1. Озодлик. „36 яшар ўзбек олими Эйнштейн гипотезасини исботлагани айтилмоқда“ (uz). Озодлик радиоси (2018-yil 30-aprel). Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. „Distorted neutron stars give up secrets of dense nuclear matter“.
  3. Lattimer, James M. (2018-04-30). „A Rapidly Cooling Neutron Star“. Physics (inglizcha). 11-jild. 42-bet. doi:10.1103/PhysRevLett.120.182701.
  4. „Neutron stars shed neutrinos to cool down quickly.“.
  5. „Астрофизики нашли внутри мертвой звезды самого удачливого "вора" Вселенной“.
  6. „Building bridges and ladders in astrophysics: Theory and experiment inform the equation of state“.
  7. „For Clues to Neutron Stars, Scientists Probe Lead Nuclei’s Thin Neutron Skin“.
  8. „Plus grosse étoile à neutrons ou plus petit trou noir dans GW190814 ? BigApple fournit une réponse“.
  9. „Google Scholar“.
  10. Tarbiya: 11-sinf uchun darslik / D. Kenjayev, N. Ismatova, Z. Islomov, D. Rahimjonov, D. Ruziyeva, Z. Zamonov, O. Mahmudov, S. Shermuhammedova, S. Akkulova, N. Xolmuxamedova, Z. Jabborova. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 128 b.. 
  11. „Kitobning elektron manbasi“.
  12. „Нью-Йоркдан хат: "Буюклар елкасидан туриб самони кузатяпман"“.
  13. „Дунё астрономия харитасида ўз ўрнимиз бор“.