Faruk K
Faruk Kurukaya (1973-yil 20-aprel,[1] Shishli, Istanbulda tugʻilgan) — mashhur turk qoʻshiqchisi.
Faruk K | |
---|---|
Tavalludi | 20-aprel 1973 |
Janrlar | Pop |
Faoliyat yillari | 1996-günümüz |
Veb-sayt | farukk.com |
Musiqa karyerasi
tahrirFaruk K nomi bilan mashhur boʻlgan Faruk K Istanbul kasb-hunar litseyini bitirgach, ikki yil davomida havaskor teatrlarda rol oʻynaydi. 1991-yildagi shaxsiy raqs saboqlaridan soʻng „Muhabbet-92“ musiqiy filmida Şener Şen va Emel Sayın bilan bir sahnada oʻz professional hayotga ilk qadamini qoʻyadi. Xuddi shu yili Yonca Evcimik bilan boshlagan raqs sanʼatini 9 yil davomida professional tarzda davom ettiradi. Raqs karerasini davom ettirgan yillarda u kompozitsiya va qoʻshiq yozish bilan musiqiy faoliyatini ham boshlab oladi.
1996-yilda „Bir Kaç İyi Adam“ guruhi bilan birinchi qoʻshigʻini chiqaradi, keyin esa „Çıtır Kızlar“ bilan bir hil kassetani baham koʻradigan ikkinchi albomini chiqaradi. Keyinchalik Mimar Sinon universiteti Davlat konservatoriyasining zamonaviy raqs fakultetini tamomlaydi. Konservatoriyada oʻqigan yillari badiiy rejissyorlik va xoreografiya yoʻnalishidagi ishlari natijasida koʻplab sanʼatkorlarning konsert va telekoʻrsatuvlarida ishlaydi.
1996-yildan 2000-yilgacha u professional raqs faoliyatini davom ettiradi. Va Hakan Yonat, Kemol Başbuğ, Gürsel Aksun va Deniz Akel kabi rejissiyorlar tomonidan ishlangan kliplarda badiiy rahbar va xoreograf boʻlib ishlaydi. 2001-2007-yillarda rejissyor sifatida Demet Akalın (Mantık evliliği), Zeynep Mansur (Katlanamam), Zeynel Aba (Kipriya), Ebru Şimşek (Ağır takılalım), Yelda Başaran (Öp diyemem, kısmat değilmiş), Özlem Cevher (Sen anlarsın, Leyla) kabi kliplarni suratga olishga bosh qosh boʻladi.
U 2001-yilda Azar Azar yakkaxon albomi bilan debyut qilgan edi. 2002-yilda Honki Ponki va 2005-yilda Enerjy albomi bilan bu muvaffaqiyatini davom ettiradi. 2008-yili Aşk Tek Yön albomi bilan debyutini davom ettirgan sanʼatkor 2008-yilning boshida yangi qoʻshiqlari bilan "Kalbimin Sesi " albomini chiqaradi. Uch yildan soʻng u „Fark“ (2011) albomi bilan yana musiqa sahnasiga qaytadi. Sezen Aksu, Serdar Ortaç, Zeynep Dizdar kabi qoʻshiqlarni ham oʻz ichiga olgan albom, 2011-yil 18-martdan boshlab musiqa bozori javonlarida oʻz oʻrnini egallaydi. U birinchi klipini Zeynep Dizdarning „Adalet yeri“ga, ikkinchi klipini esa Sezen Aksuning „Kusura bakma“ qoʻshigʻiga, 2011-yil Fark albomini suratga olgan edi. 2012-yilda Star TVda namoyish etilgan İşler Güçler serialining baʼzi qismlarida mehmon sifatida rol ijro etadi. 2020-yilda u Azar Görüntülü Chat ilovasining reklamasida ham oʻynaydi.
Albomlar
tahrir- Azar Azar (2001)
- Honki Ponki (2002)
- Enerji (2005)
- Aşk Tek Yön (2008)
- Kalbimin Sesi (2009)
- Fark (2011)
Suratga tushgan filmlari
tahrir- İşler güçler, 26. bölüm
Manbalar
tahrir- ↑ „Sanatçı: Faruk K hakkında özgeçmiş“. Turkpopmuzik.net. 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart.