Farux Sadullayevich Ruzimatov (ruscha: Фару́х Садулла́евич Рузима́тов, 1963-yil 26-iyunda tugʻilgan) – oʻzbek-rus balet artisti. Roʻzimatov hozirgi kunda 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi Navoiy teatri qoshidagi balet teatrining badiiy rahbari boʻlib ishlab kelmoqda[1]. U raqs boʻyicha oʻttiz yildan ortiq shugʻullanib, asosan Mariinskiy teatrida faoliyat olib borgan. Teatrda kompaniyaning bosh raqqosasi va badiiy rahbar yordamchisi boʻlgan.

Farux Ruzimatov
Farux Ruzimatov
Tavalludi
Farux Sadullaevich Ruzimatov

1963-yil 26-iyun
Fuqaroligi Rus
Kasbi Balet artisti

Hayoti

tahrir

Roʻzimatov 1963-yil 26-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

U 1973-yili Leningraddagi Vaganova akademiyasiga oʻqishga kirib, u yerda Gennadiy Selyutskiy qoʻl ostida tahsil olgan. 1981-yili oʻqishni tamomlagandan soʻng, Kirov baletida raqsga tusha boshlaydi va 1986-yilda bosh raqqosa boʻlgan[2].

Mukofotlari

tahrir
  • Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (1995)
  • Rossiya xalq artisti (2000)
  • Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist (1988)
  • Oltinchi Varna xalqaro tanlovining kumush medali sovrindori (1983)
  • Parij raqs akademiyasining maxsus diplomi
  • Prix Benois de la Danse (1997)
  • Baltika mukofoti sovrindori (1998)

Manbalar

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir