Fathulla Rasulovich Nosirov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Fathulla Rasulovich Nosirov
Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Xorazm viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi-
Mansab davri
1944 – 1947-yillar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1911-yil
Тoshkent
Vafoti 1956-yil 17-dekabr
Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Fathulla Rasulovich Nosirov 1911-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Nosirov 1929-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1929—1956-yillarda muhandis, Oʻzbekiston SSR Kommunal xoʻjaligi xalq komissarligi xodimi, Qizil Armiya muhandislik qoʻshinlarida Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri, Frunze okrug komiteti kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Oktyabr okrug qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Shu bilan birga, „Farhadgesstroy“ partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR yengil va toʻqimachilik sanoati vaziri, Oʻzbekiston SSR paxtachilik vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari vazifalarida ham mehnat qilgan.

Fathulla Rasulovich shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-, 3- va 4-chaqiriqlari deputati etib  ham saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Nosirov 1956-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar tahrir