Fau — Indoneziyaning Papua (sobiq Irian Jaya) provinsiyasi markazining shimoliy qismida yashovchi papua qabilasi. Ularning soni taxminan 1470 kishini tashkil etadi.

Indoneziya etno-lingvistik xaritasida Fau.

Tarqalishi

tahrir

Fau xalqi Gʻarbiy Papua mintaqasida, Klixi Ano va Didind Ruffaer daryolari oraligʻida tarqalgan. Fau xalqi toʻrtta koʻchmanchi qabiladan iborat: bular Sefyori, Tearu, Iyariki va Tigri hisoblanadi. Ayrim etnologlar Sexudat qabilasi vakillarini ham fau[1] xalqiga tegishli deb hisoblaydilar.

Maishiy hayot

tahrir

Fau xalqining asosiy mashgʻulotlari ovchilik va terimchilikdir. Ilgari ular orasida kannibalizm keng tarqalgan edi. Yevropaliklar tomonidan qabilaning kashf etilishidan keyin faularning 400 ga yaqin ekani aniqlangan[2]. Taxminan 2000-yilga kelib, Fau xalqi ichidagi zoʻravonliklar tufayli ularning soni kamayib ketdi. Fau xalqi odatda alohida oila guruhlariga boʻlinib yashaydi. Bir necha shunday guruhlar yiliga bir yoki ikki marta uchrashadilar va oʻzaro kelin almashadilar. Ayni vaqtda faular soni 1470 kishini tashkil qiladi. Gʻarbiy Papuaning boshqa mahalliy xalqlari singari, faularning yashash joylari iqtisodiy maqsadlarda tropik oʻrmonlarini[3] yoʻq qilish tufayli xavf ostida qolgan.

Oʻtmishda fau xalqi orasida animizmhukromlik qilgan, faular tabiat kuchi va ruhlarga eʼtiqod qilishgan. Hozirgi kunda ularning aksariyati nasroniylardir[4].

Yevropaliklar faular haqida

tahrir

Faular hayoti haqida ushbu xalq vakillari orasida bir muncha vaqt yashagan yevropaliklar tomonidan ikkita kitob yozilgan. Birinchi kitob muallifi bolaligining koʻp yillarini Fau xalqi orasida oʻtkazgan missionerlarning qizi Sabina Kyugler hisoblanadi[5][6][7]. Ikkinchi kitob Jared Daymond tomonidan yozilgan. Uning kitobida fau xalqi qabilalaridan biri bitta guruhdagi jamiyat misolida olingan va insonlar jamiyati taqdiri tasvirlab berilgan[8]. Fau xalqi koʻpincha kitoblarda tosh davri odamlari, kanniballar, shafqatsiz jangchilar, faqat uchgacha sanay oladigan aqliy qoloq odamlar sifatida tasvirlangan[9].

Bibliografiya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Fayu“ (en). Ethnologue. Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
  2. „http://papuaweb.org/bib/hays/loc/FAYU.pdf“. 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
  3. „Dschungelkind: Westpapua – Ein vergessener Konflikt“ (de). Gesellschaft für bedrohte Völker e.V. (GfbV). Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
  4. Project, Joshua. „Fayu in Indonesia“ (en). Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
  5. „www.junglechild.co.uk -- Sabine Kuegler's amazing account of her childhood with a lost tribe...“ (2008-yil 7-aprel). 2008-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
  6. Sabine Kuegler (2007). Child Of The Jungle: The True Story Of A Girl Caught Between Two Worlds. Grand Central Publishing. ISBN 0-7595-7272-0. . 
  7. Sabine Kuegler. Jungle child: rinduku pada rimba Papua. ESENSI, 2006. ISBN 9789790152250. 
  8. Jared Diamond (1999). Guns, Germs, and Steel: The Fates of Human Societies. W. W. Norton. ISBN 0-3930-6922-2. . 
  9. Deutsche Gesellschaft für Kulturmorphologie & Universität Frankfurt am Main. Frobenius-Institut (1967). Paideuma: Mitteilungen zur Kulturkunde, Volumes 13-15. W. Kohlhammer Verlag. ISSN 0078-7809. .