Faxr sekstanti (Sudey Faxr) — yoyi aylananing 1/6 qismini tashkil etgan va gradus, minut hamda sekundlarga taqsimlangan, diametri 20 m li qadimgi meridian asbob. Aylananing markazida diametri 15 sm boʻlgan dioptr (tuynuk) joylashgan. Faxr sekstanti yoyi dioptr markazidan tushirilgan perpendikulyar asosidan shim. tomonga qarab joylashgan. Yoyga perpendikulyar boʻlgan asos yey shkalasining hisob boshi qilib olingan.

Faxr sekstanti 11-asr boshlarida astronom va matematik Abu Mahmud Homid ibn alXidir alXujandiy tomonidan ixtiro kilingan. U ilk bor mazkur asbobning yoyini yer tagiga tushirish tugrisida fikr bildirdi. Uning bu fikrini Samarqandda yoyining radiusi 40,2 m boʻlgan kvadrantini qurishda Ulugʻbek amalga oshirdi. Unda yoyning yarmi yer tagiga tushirilgan edi.