Faxriddin Muborakshoh
Faxriddin muborakshoh (XII asrning ikkinchi yarmi – XIII asr boshlari) – tarixchi olim. Faxr Mudir nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Amin Ahmad Roziyning „Haft iqlim“ nomli asaridagi maʼlumotlarga qaraganda, Faxriddin Muborakshoh va otasi gʻuriyyaardan Gʻiyosiddin Muxammad (1163—1203) va Gʻiyosiddin Mahmud (1206—1212) saroylarida xizmat qilgan va oʻz zamonasining keng maʼlumotli kishilaridan hisoblangan. Faxriddin Muborakshoh 1206-yil mashhur „Tarixi Muborakshoh“ asarini yozgan. Bu asarni 30 yil davomida yozgan va Gʻiyosiddin Mahmudga sovgʻa qilgan. Asar 136 qismdan iborat. Arabiston, Yaman, Shimoli-gʻarbiy Hindiston, Afgʻonistonda qad. davrdan XIII asrning boshigacha hukmronlik qilgan 136 sulola shajarasining qisqacha tarixi bayon etilgan. Markaziy va Oʻrta Osiyodagi turkiy qabilalarning xoʻjalik faoliyati, turmushi, odatlari va tili toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar keltirilgan. Asarning yagona qoʻlyozma nusxasi Angliya (Bodleyan kugubxonasi)da saqlanmoqda. Uning gʻuriylar va turkiy xalqlar tarixiga oid qismi mashhur ingliz sharqshunosi Denison Ross tomonidan 1927-yil nashr qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |