Faxriddin Valijonovich Samatov (1975-yil 21-avgust, Surxondaryo viloyati, 1) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1][2]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi .

Biografiyasi

tahrir

Samatov Faxriddin Valijonovich 1975-yili Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1999-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandismexanik

Mehnat faoliyatini 1994-yil Surxondaryo viloyati nasos qurilmalari energetika va aloqa boshqarmasi muhandisi lavozimidan boshlagan, 2002-2007-yillarda „Oʻzstandart“ Surxondaryo viloyati SSM metrologiya boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, boʻlimi boshligʻi, 2007- 2020-yillarda „Oʻzstandart“ agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining turli lavozimlarida ishlagan. 2020- yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimida faoliyat yuritmoqda[3].

Manbalar

tahrir