Faysalobod (sobiq Layalpur) — Pokistonning shimoliy sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, Chinobod va Ravi daryolari oraligʻida. Aholisi 1,97 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Paxtachilik rnining yirik savdo-sanoat markazi. Ip gazlama, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy), kimyo (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish) sanoatlari, mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik asbobuskunalari) va metallsozlik korxonalari, issiklik elektr styasi mavjud. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, badiiy buyumlar (xususan, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari) tayyorlanadi. Shahar XIX asr oxirida bunyod etilgan.