Fayzobod
Fayzobod — Afgʻonistonning shimoliy-sharqiy qismidagi shahar, Kukcha daryosi buyida. Badaxshon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 148,5 ming kishi (2003). Mamlakatning bosh avtomobil halqa yo'lidagi savdo-transport markazi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (teri, jun, gʻalla) qayta ishlanadi. Fayzoboddan janubroqda lojuvard qazib olinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |