Faza (yun. phasis — paydo boʻlish) — 1) biror jarayon (ijtimoiy, geologik va boshqalar)ning taraqqiyot yoʻlidagi davr; 2) fizikaning tebranishlar nazariyasi — muayyan vaqtning har bir momentida tebranish jarayoni holatini ifodalaydigan kattalik. Davr ulushlarida, burchak yoki yey birliklarida oʻlchanadi. Garmonik tebranish harakatining tenglamasi jc=Asin (wt+ f) da cot+f tebranishning toʻliq (oʻzgaruvchan), faza — boshlangʻich vaqt nolga teng boʻlgandagi (oʻzgarmas) fazasidir; 3) termodinamikada — tizimning boshqa qismlari bilan aniq chegara orqali ajralib turgan, bir jinsli va xossalari bir-biridan farq qiladigan hamda mexanik usul orqali ajratib olinishi mumkin boʻlgan har bir qismi. Suv muz suv bugʻi (gaz) bir komponentli tizim boʻlib, u uchta Fazadan tashkil topgan. Agar berk idishdagi suvga maʼlum miqdorda simob, muz va temir parchalari solinsa, vaqt oʻtishi bilan muvozanat xrlati yuzaga keladi va 2 qattiq faza — muz va temir hamda 2 suyuk, faza — suv va simob va, nihoyat, bitta gazdan iborat 5 fazali tizim hosil boʻladi. Har qanday tizim bir qancha qattiq Fazadan, bir qancha suyuq Fazadan va bittadan oshmaydigan gazsimon Fazadan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Modda har bir Fazada termodinamik muvozanat holatida boʻladi. Bu holat fizik xossalari boʻyicha moddaning boshqa muvozanat holat (boshqa faza) laridan farq kidali. Modda bir Fazadan boshqa Fazaga oʻtganda uning xossalari sifat jihatidan oʻzgaradi (qarang Fazaviy oʻtish). Yuqori temperatura va bosimda modda plazma holatiga oʻtadi. Turli kristall Fazalari bir-biridan elektr oʻtkazuvchanligi, elektr va magnit momentlari, oʻta oʻtkazuvchanligi, kristall tuzilishi va boshqa bilan farq qiladi. Turli suyuklik Fazalari ham bir-biridan konsentratsiyasi, oʻta oquvchanligi, elektr xossalari va boshqa bilan farqlanadi; 4) elektrotexnika da — koʻp fazali, xususan, 3 fazali liniyadagi oʻtkazgichlardan biri.