Fazali modulyatsiya — modulyatsiyaning bir turi boʻlib, unda tashuvchi toʻlqinning fazasi axborot signaliga mutanosib ravishda oʻzgaradi. Fazaviy modulyatsiyalangan signal quyidagi koʻrinishga ega[1]:

NAVSTAR GPS sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasining faza boshqaruviga ega signalini tashuvchi modellashtirilgan signal
,

bu yerda — signal amplitudasi;  — modulyatsiya qiluvchi axborot signali;  — doimiy;  — tashuvchi signal chastotasi;  — vaqtni anglatadi.

Axborot signali diskret boʻlsa, <i id="mwIA">fazaviy</i> manipulyatsiya haqida gapirish mumkin. Agar maʼlumot fazaning oʻzida emas, balki ketma-ketlikda qoʻshni signallarning fazalariga uzatilsa, nisbiy faza manipulyatsiyasi (RPK) amalga oshadi. Egallangan chastota hududini qisqartirish uchun manipulyatsiya toʻrtburchak bilan emas, balki tekislangan impuls bilan, masalan, qoʻngʻiroq shaklidagi, koʻtarilgan kosinus va boshqalar bilan amalga oshirilishi mumkin, ammo bu holatda ham manipulyatsiya haqida soʻq yuritiladi.

Xususiyatlari boʻyicha fazali modulyatsiya chastotali modulyatsiyaga yaqin. Sinusoidal modulyatsiya qiluvchi (axborot) signal holatida chastota va fazali modulyatsiya natijalari bir xil boʻladi.

Fazali modulyatsiya usullari (manipulyatsiya)Tahrirlash

  • Tebranish chizigʻining hajmini oʻzgartirish orqali tashuvchi signal fazasini oʻzgartirish.
  • Tashuvchi signal generatorlarini almashtirish orqali tashuvchi signal fazasini oʻzgartirish.
  • Tashuvchi signal kanallarini almashtirish orqali tashuvchi signalning fazasini oʻzgartirish. Bunday holatda, har bir kanalda signal bir xil generatordan, lekin maʼlum bir faza almashinuvlari bilan birga olinadi.
  • Tashuvchi signalning kvardrat fazali modulyatsiyasi.
  • Tashuvchi signalning chastotasini oʻzgartirish orqali hosil qilingan fazali modulyatsiya.
  • Fazali siljish sxemalarini ishlatmasdan va tebranish chizigʻining reaktiv parametrlarini oʻzgartirmagan holda fazali manipulyatsiya signalining raqamli sintezi.
 
Ikkilik fazali demodulyatsiya signallarining ostillogrammasi

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash