Fazoviy qobiliyatlar (inglizcha: spatial abilities) - obyektlar va makon o'rtasidagi fazoviy munosabatlarni tushunish, muhokama qilish va eslab qolish qobiliyati. Keng ma'noda fazoviy qobiliyatlar idrok etish, eslab qolish jaroyonlarini va obyektlar orasidagi fazoviy munosabatlarning o'zgarishi bilan bog'liq jarayonlarni, shuningdek, istiqbolning o'zgarishi va boshqa manipulyatsiyalar oqibatida obyekt munosabatlarining o'zgarishini tasavvur qilish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Fazoviy qobiliyatlar matematika, tabiiy fanlar, texnologiya va arxitekturadagi akademik yutuqlarni bashorat qiluvchi omil hisoblanadi.

Fazoviy qobiliyatlarning tuzilishi

tahrir

Psixometrik tadqiqotlar natijalari tufayli fazoviy qobiliyatlarning fazoviy vizualizatsiya (Lockman, 1979), makondagi orientatsiya (Hegarty, Waller,2004), fazoviy tasavvur (Jansen, 2009), aqliy tasavvur (Shepard, Metzler,1971) va fazoviy munosabatlar (Lockman,1987) kabi komponentlari ajratib ko'rsatildi.

Tadqiqotlar tahlili fazoviy qobiliyatlarning o'zaro bog'liq bo'lgan bir qator tarkibiy qismlari mavjudligini ko'rsatadi. Biroq, ushbu tuzilishga kiritilgan komponentlar soniga nisbatan turli nuqtai nazarlar mavjud. Tadqiqotlarning birida faqat ikkita komponent ta'kidlanadi: fazoviy munosabatlar va fazoviy vizualizatsiya. Fazoviy munosabatlar - bu ikki o'lchovli va uch o'lchovli obyektlarning bir bosqichli aqliy tasavvurlaridir. Fazoviy vizualizatsiya - obyekt qismlarini tartiblashda va sochishda ketma-ket (bir bosqichdan ortiq) aqliy manipulyatsiyalar majmuasini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, fazoviy orientatsiya mustaqil komponent sifatida taqdim etiladi, ammo bu komponentning ajralib chiqishi faqat fazoviy orientatsiyani aniqlaydigan testlarning yetishmasligi tufayli murakkablashgan.

Fazoviy tasavvurlar

tahrir

Fazoviy tasavvurlar (space representations) - uch o'lchamli fazodagi obyektlarning o'lchami, shakli, yo'nalishi va joylashuvi, shuningdek, harakat paytida ularning siljishi va o'zgarishi haqidagi tasavvurlar. Fazoviy tasavvurlar shunchaki ikkilamchi tasvirlar emas, ularni apperseptiv sxema sifatida ko'rib chiqish mumkin, faqat unga muvofiq fazoviy xususiyatlarni idrok etish va farqlash uchun kiruvchi ma'lumotlar keltirilishi kerak.

Fazoviy vizualizatsiya

tahrir

Fazoviy vizualizatsiya fazoviy tasvirlangan ma'lumotlarning murakkab ko'p bosqichli manipulyatsiyasini tavsiflaydi. U obyektning vizual ko'rinishlarini xayoliy tasavvur qilish qobiliyatidan kelib chiqqan vizual tasvirlarni; obyektlar yoki harakatlarning qismlari yoki joylari o'rtasidagi fazoviy munosabatlarni xayoliy tasavvur qilishdan iborat bo'lgan fazoviy tasvirni o'z ichiga oladi.

Sport psixologiyasi sohasida turli sport turlari bo'yicha murabbiylar (masalan, basketbol, futbol, gimnastika va golf) o'yinchilarni o'z o'yinlarida natijalarga erishish usullaridan biri sifatida xayoliy tasavvurlardan foydalanishga undashgan. Xegarti (Hegarty, 2004) shuni ko'rsatdiki, odamlar mexanik muammolar, masalan, viteslar (tishli halqa) va kasnaklar (shkiv) qanday ishlashi haqida fikr yuritish uchun aqliy tasavvurlarni manipulyatsiya qiladilar. Unreal Tournament kabi video o'yinlar, shuningdek, juda mashhur meynstrim-o'yin Tetris va Rubik kubi jumboqlari ham yuqori darajadagi xayoliy tasavvurlarni talab qiladi, shuning uchun vaqt o'tishi bilan fazoviy qobiliyatlarni yaxshilash uchun mashq qilinishi mumkin bo'lgan faoliyatlardir.

Fazoviy qobiliyatlarning ikki guruhi ajratib ko'rsatiladi:[1]

  1. "Kichik miqyosdagi" fazoviy qobiliyatlar bilan bog'liq bo'lgan guruh - bu fazoviy vizualizatsiya, fazoviy va aqliy tasavvur. Bu qobiliyatlarga obyektlarni manipulyatsiya qilish kiradi: obyektlarni o'zgartirish, xayoliy tasavvur.
  2. "Katta miqyosdagi" fazoviy qobiliyatlar bilan bog'liq bo'lgan guruh fazodagi orientatsiya va obyektlarning joylashuvini o'z ichiga oladi. Bu guruh kuzatuvchining fazodagi vizual nuqtai nazarining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lib, bu guruhga istiqbolni va fazoviy orientatsiyani idrok etishdagi "yo'nalish hissi ham kiradi.

Fazoviy qobiliyatlardagi individual farqlarning etiologiyasi

tahrir

Psixogenetik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki (Aristova, 2018) biologik qarindoshlar biologik bo'lmagan qarindoshlarga qaraganda fazoviy qobiliyatlari jihatidan bir-biriga ko'proq o'xshashdir (McGee, 1979). TEDS (Twins Early Development Study) namunasi bo'yicha keng ko'lamli tadqiqotlardan birida "kichik miqyosdagi" fazoviy qobiliyatlarni baholovchi 10 ta subtestdan iborat onlayn batareya ishlatilgan[2]. Tadqiqotda 1367 ta egizak juftlik (19-21 yosh) ishtirok etdi, ularda fazoviy qobiliyatlarni baholashdan tashqari, umumiy intellekt darajasi ham baholandi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, fazoviy qobiliyatlar aqlni boshqarishda ajralmas tuzilishdir. Shuningdek, natijalar umumiy intellekt va fazoviy qobiliyatlarni namoyon bo'lishida individual farqlarni shakllantiradigan genetik omillar odatda bir-biriga mos kelishini ko'rsatdi.

Fazoviy qobiliyatlardagi jinsiy farqlar

tahrir

Psixometrik tadqiqotlarga ko'ra (Jansen va Heil, 2010), erkak namunasi fazoviy testlarni ayol namunasiga qaraganda yaxshiroq bajaradi. Bu natija aqliy tasavvur vazifalarini bajarishda kuzatiladi. Bir tadqiqotda aqliy tasavvur uchta guruhga bo'lingan 150 kishidan iborat namunada o'rganildi: 20-30 yosh, 40-50 yosh va 60-70 yosh. Barcha yosh guruhlarida erkaklar ayollarga qaraganda vazifalarni yaxshiroq bajarishdi. 20 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar eng muvaffaqiyatli bo'ldi va har bir keyingi yosh guruhida mahsuldorlik erkaklar uchun 30% va ayollar uchun 20% ga kamaydi. Barcha yosh guruhlarida erkaklar ayollarga qaraganda yaxshiroq ishladilar; jinsiy farqlar esa yoshga qarab kamaydi. Gender farqlarining kelib chiqishi haqida bir qancha farazlar mavjud. Masalan, jinsiy farqlarning evolyutsion kelib chiqishi nazariyasiga ko'ra, erkaklar fazoviy qobiliyatlari bo'yicha ayollardan ustunligi sababi, chunki ular an'anaviy ravishda ovchilik bilan, ayollar esa terimchilik bilan shug'ullanishgan (Silverman, Choi, Peters, 2007). Gender tafovutlarining yana bir mumkin bo'lgan izohi - bu qaror strategiyasidan foydalanish usuli. Ehtimol, bu ayollarning fazoviy muammolarni hal qilishda analitik strategiyalarga, erkaklar esa yaxlit strategiyalarga tayanishi bilan bog'liqdir (Heil, Jansen - Osmann, 2008).

Manbalar

tahrir
  1. Jansen P. The dissociation of small- and large-scale spatial abilities in school-age children / / Percept. Motor Skills. 2009. V. 109. P. 357—361
  2. Аристова И. Л., Есипенко Е. А., Шарафиева К. Р., Масленникова Е. П., Чипеева Н. А., Фекличева И. В., Солдатова Е. Л., Фенин А. Ю., Исматуллина В. И., Малых С. Б., Ковас Ю. В. Пространственные способности: структура и этиология. «Вопросы психологии», № 1, 2018, с.118 — 126.

Adabiyotlar

tahrir
  1. Аристова И. Л., Есипенко Е. А., Шарафиева К. Р., Масленникова Е. П., Чипеева Н. А., Фекличева И. В., Солдатова Е. Л., Фенин А. Ю., Исматуллина В. И., Малых С. Б., Ковас Ю. В. Пространственные способности: структура и этиология. // «Вопросы психологии», № 1, 2018, с.118-126.
  2. Jansen P. The dissociation of small- and large-scale spatial abilities in school-age children / / Percept. Motor Skills. 2009. V. 109. P. 357—361
  3. Hegarty M., Waller D. A dissociation between men tal rotation and perspective-taking spatial abilities I/ Intelligence. 2004. V. 32 (2). P. 175-191.
  4. Heil M., Jansen-Osmann P. Sex differences in men tal rotation with polygons of different complexity: Do men utilize holistic processes whereas women prefer piecemeal ones? / / The Quart. J. Exp. Psy chol. 2008. V. 61 (5). P. 683-689
  5. Lohman D.F. Spatial ability: A review and reanaly sis of the correlational literature / / Technical Re port. 1979. V. 8. P. 226.
  6. Lohman D.F. et al. Intelligence and cognition: Contemporaryframesofreference: Dimensionsandcom ponents of individual differences in spatial abilities / Lohman D.E, Pellegrino J.W., Aiderton D.L., Re- gian J.W. Springer, 1987. P. 253-312.
  7. McGee M.G. Human spatial abilities: psychomet ric studies and environmental, genetic, hormonal, and neurological influences / / Psychol. Bull. 1979. V. 86. P. 889-918.
  8. Morris R.G., Parslow D. Neurocognitive compo nents of spatial memory / / Allen G.L., Haun D. (eds). Human spatial memory: Remembering where. Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum Associ ates, 2004. P 217-247.
  9. Rimfeld K, Shakeshaft NG, Malanchini M, Rodic M, Selzam S, Schofield K, Dale PS, Kovas Y, Plomin R. Phenotypic and genetic evidence for a unifactorial structure of spatial abilities. Proc Natl Acad Sci U S A. 2017 Mar 7;114(10):2777-2782. doi: 10.1073/pnas.1607883114
  10. Shakeshaft, N. G. et al. Rotation is visualisation, 3D is 2D: using a novel measure to investigate the genetics of spatial ability. Sci. Rep. 6, 30545; doi: 10.1038/srep30545 (2016)
  11. Shepard R.N., Metzler J. Mental rotation of three- dimensional objects // Science. 1971. V. 171. P. 701-703.