Feldmarshal
Feldmarshal (nem. Feldmarshall) — ayrim davlatlar armiyalaridagi oliy harbiy unvon. 1marta 16-asrda Avstriya da, 17-asrda Prussiyada joriy qilingan. Rossiyada 1699-yilda generalF. unvoni joriy etilib, 1917-yilda bekor qilingan. F. mashhur harbiy va davlat arboblari, imperator xonadoni vakillari hamda baʼzi chet el harbiy arboblariga berilgan. F. unvoni Buyuk Britaniya va boshqa baʼzi davlatlarda saklangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |