Feminizm
Feminizm bu jinslar oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy va ijtimoiy tenglikni tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar va mafkuralar tizimidir. Feminizm jamiyatlar erkaklar nuqtai nazarini ustun koʻrishi, ayollarga esa adolatsiz munosabatda boʻlishi gʻoyasini oʻz ichiga oladi. Ushbu holatni oʻzgartirish uchun feminizm gender steoreotiplariga qarshi kurashish, ayollarga xuddi erkaklar uchun mavjud boʻlgan taʼlim va mehnat imkoniyatlarini yaratishga harakat qiladi.
Feministik harakatlar xotin-qizlar huquqlari, shu jumladan ovoz berish, davlat lavozimlarini egallash, mehnat qilish, adolatli ish haqi olish va maoshdagi gender tafovutini bartaraf etish, mulkka egalik qilish, taʼlim olish, nikohda teng huquqqa ega boʻlish va onalik taʼtiliga ega boʻlish uchun harakat qiladilar.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |