Femlar
Femlar — Vizantiyada VII, XII asrlarda harbiy maʼmuriy okruglar. Femlarni sud, moliya, harbiy hokimiyatga ega boʻlgan stratiglar boshqargan. Femlar davlatga kungilli lashkarlar — stratiotlarni yetkazib bergan. VIII, XI asrlarda femlar mayda qismlarga boʻlib tashlangan, XII asrda femlardagi hokimiyat grajdanlardan chiqqan amaldorlar — sudyalarga oʻtgan; femlar oʻrniga yirik chegara harbiyhududiy birliklar — dukatlar va katepanatlar paydo boʻlgan. XIII asrda femlar Nikeya imperiyasida saqlanib qolgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |