Feng shui

Feng shui

Feng shui (xitoycha 風水, soz'ma soz' tarjima qilinganda feng „shamol“ va shi „suv“ degan maʼnoni anglatadi). U fazoning ramziy rivojlanishi (tashkil topishi) boʻyicha Daosizm taʼlimotini oʻz ichiga oladi. Feng shui yordamida goʻyoki uy qurishda yoxud dafn qilishda „qulay joyn“ni topish mumkin, deb ishoniladi.

Feng shui maqsadiga koʻra, si (baʼzan chi shaklida ifodalanadi) energiyasining foydali oqimlarini izlash va ularni shaxsning manfaati uchun yoʻnaltirishdan iboratdir.

Feng shuining mistik daʼvolari haqiqiy ekanligiga ilmiy asos yoʻq, shu bois ilmiy hamjamiyat fen shuini yolgʻon ilm deb atashadi.

Feng shui tarixi

tahrir

Ustoz Yang Yi (xit.杨益) vaqtlar oʻtib feng shuining asosiga aylangan baʼzi nazariyalarni ishlab chiqdi. Kinoya bilan aytganda, uning taʼlimoti „Ajdahoni uni qidirish qiyin boʻlgan joydan topish“ deb ataladi. Yang Yining taʼkidlashicha, yaxshi xoʻjalikka, uyga yoki hududga egalik qilish uchun „ajdaho nafasi“ oʻta muhim sanaladi. U afsonaviy jonivor nafasi ufurib turgan joylarni qanday his qilish mumkinligini tasvirlab berdi. Uning ilk kitobi „Xan Long Jing“ (xit.撼龙经) „Ajdahoni uygʻotish sanʼati“ deb nomlangan boʻlsa, ikkinchi kitobi „Sing Nan Ao Yu“ (xit.青囊奥语), uchinchi kitobi „I lun Szin“ (xit.疑龙经) „Ajdaho hayratining qoidalari“ nomi bilan nashr etilgan. Ularning barchasi „ajdarni qidirish“ boʻyicha tavsiyalar beradi.

1986-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarida fen shui boʻyicha dars bergan amerikalik Tomas Lin Yu (kelib chiqishi xitoylik boʻlgan) oddiy odamlar uchun ramziy (yoki ezoterik) feng shui deb ataladigan yangi taʼlimot yaratib, feng shuini soddalashtirdi. U makonni muhabbat, boylik, bolalar, jinsiy ehtiyoj, pul, martaba va hokazo hududlarga ajratdi. Uning taʼlimoti boʻyicha maʼlum bir ob'ektni maʼlum bir sektorga joylashtirish orqali inson makonni faollashtiradi, deb taxmin qilinadi.

Anʼanaviy feng shuining haykalchalar, tumorlar, totem va boshqa shu kabi sigʻinish buyumlariga hech qanday aloqasi yoʻq. Xitoy madaniyati va folklorining bu atributlari notoʻgʻri feng shui deb ataladi. Biroq, faqat totem si energiya oqimlari boʻyicha koinot qonunlariga muvofiq tarqaladi, deb hisoblanadi.

U yoki bu taʼsir kuchlarini majoziy shakl-shamoyil, rang va boshqalar orqali shakllantirish xitoycha energiya unsurlari: olov, suv, yer va havo tufayli jonlantitiriladi.

Bundan tashqari, fen shui „sevgi“, „boylik“, „oila“, „salomatlik“ deb ataladigan makonlardan foydalanmaydi. Har bir uyning energiyasi vaqt va makon nisbati yordamida individual ravishda hisoblanadi. Ikkita bir xil uy va ikkita bir xil odam yoʻq, chunki Yer sayyorasining har bir nuqtasining va har bir insonning oʻziga xos xususiyati bor.

Feng shui tushunchasi

tahrir

Feng shui uylar, xonalar va hovlilar orqali si (shamolga oʻxshash) energiya oqimining mavjudligini oʻz ichiga oladi. Energiya hamma narsaga – insonga, tabiatga va narsalarga taʼsir koʻrsatadi, faqat buning uchun insonning yoki makonning manzili aniq boʻlishi kerak. U inson va vaqtga bogʻliq emas, shu sababli ham samoviy taqdir (samoviy baxt) deb ataladi.

Yer energiyasi Yerning oʻzi oʻzgarganda oʻzgaradi. U vaqt va makonda uygʻun yoki uygʻun boʻlmagan tuzilmalarni yaratishi mumkin. Energiya tamoili jihatdan nomoddiy boʻlganligi sababli, „zararli si“ni uyga kiritmasligining imkoni yoʻq. Ammo eshiklar, jihozlar va boshqa kerakli narsalarning joylashuv oʻrni oʻzgarsagina, zararli oqimlarning kirib kelish holatlari kuzatilishi mumkin. Yoki bu oʻrinda ushbu buyumlarning toʻgʻri joylashuv nuqtasini topish talab etiladi. Salbiy feng shuining oldini olishning maʼlum qoidalaridan biri bu – harakatsizlikdir. Agar harakat boʻlmasa, unda taʼsir qiluvchi unsur ham boʻlmaydi.

Ammo, inson taqdirini (inson baxtini) yaratishda, Fens shui tushunchasi boʻyicha si energiyasi uchun turgʻunlik joylarini yaratmaslik tavsiya etiladi, bunday joylar sarasiga uy burchaklari, uzun oʻtish yoʻlaklari va didsiz jihozlar kiradi.[1]

  1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D1%8D%D0%BD%D1%88%D1%83%D0%B9#cite_note-1, Фэншуй, 5 октября 2022, Wikipedia®