Bosh menuni ochish

Ferma — xususiy qishloq xoʻjaligi korxonasi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida F. oʻz mulkida yoki ijaraga olingan yerda xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadigan fermerga tegishli boʻladi. Sobiq Ittifoqda chorvachilik maqsulotlari ishlab chiqarish va chorva mollarini oʻstirish bn shugʻullanadigan qishloq xoʻjaligi korxonasi yeki uning boʻlinmasi F. deb atalgan. Ixtisoslashishiga qarab, F. qoramolchilik, qoʻychilik, choʻchqachilik, parrandachilik va boshqa yoʻnalishlarda tashkil etiladi. Chorvachilik F.lari naslchilik va tovar F.lariga boʻlinadi, ularning miqyosi chorva mollari bosh soni va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi. F.lar yemxashak ekinlarini ekish, mollarni yaylovda boqish sharoiti, suv resurslari, yoʻllarning joylashishi, aholi yashash joylarining uzoqyaqinligi, veterinariyasanitariya va boshqa omillar mavjudligiga qarab tashkil etiladi.