Aleksandr Fersman
Aleksandr Yevgenyevich Fersman (1883.27.10, Peterburg 1945.20.5, Sochi; Moskvada dafn etilgan) — rus kimyogari va mineralogi. Fersman geokimyo asoschilaridan biri. SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1919-yildan Rossiya Fanlar akademiyasi akad.). V. I. Vernandskiyning shogirdi. Moskva universitetini tugatgan (1907), professor (1910). Kola yarim orol, Tyanshan, Qizilqum, Qoraqum, Ural, Baykalorti va boshqa rayonlarda olib borilgan qidiruv va tadqiqot ishlari da qatnashgan. Xibin tundralari (1920) va Monchetundra (1930)da Fersman ishtirokida apatit va misnikel ruda konlari ochilgan. "Geokimyo" (1 — 4t., 1933—39), "Pegmatitlar" (1931) asarlarining muallifi. Fersman elementlar klarki va migratsiyasiga katta eʼtibor berdi. Fersman birinchilar katorida foydali qazilma konlarini qidirishda geokimyoviy metodlarni qoʻllash zarurligini asosladi. 1926-yilda ilk bor MongoliyaOltoy geokimyoviy mintaqasini aniqladi. Fersman fanning yorqin targʻibotchisi, javohir va ziynat toshlar boʻyicha yirik mutaxassis. U. mineral resurslar tadqiqoti buyicha bir qancha ilmiy muassasalar va koʻp sonli ekspeditsiyalar (shu jumladan, Kola yarim orol, Oʻrta Osiyo va Uralda) tashkilotchisi. Davlat mukofotlari (1929, 1942) laureati. Minerallardan: titanniobiy oksidi — fersmit va titan niobiy silikati — fersmanit Fersman nomi bilan atalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |