FEXNER (Fechner) Gustav Teodor (1801.19.4, GrossZerxen — 1887.18.11, Leypsig) — nemis psixologi, fizik, faylasuf. Leypsig universitetining fizika professor (1934 — 40). Psixofizikaga asos solgan, qalb va vujud munosabati toʻgʻrisidagi masalani psixofizik parallelizm vositasida yechishga uringan. VeberFexner qonunini yaratganlardan biri. Psixologiyada, shuningdek, estetikada eksperimental metodlarni tatbiq etishga asosiy eʼtibor bergan.