Feynman diagrammalari
Feynman diagrammalari, Feynman grafiklari — zarralarning sochilishi va boshqa fizik jarayonlarni nazariy taxlil qilish va amplitudalarini hisoblashning fafik usuli. Feynman diagrammalari 3 turdagi elementlardan tashkil topgan: tashqi chiziqlar, ichki chiziklar va choʻqqi (chiziqlar kesishuvchi nuqta) lar. Diagrammaning boshqa qismlari bilan biror bir choʻqqida birlashadigan tashqi chiziklar tushuvchi yoki sochilgan (yoxud toʻqnashish jarayonida tugʻilgan) zarraga toʻgʻri keladi; ular sistemaning toʻqnashuvgacha yoki undan keyingi holatiga moye keladi. Feynman diagrammalari maydon kvant nazariyasida, kvant mexanika va statistik fizikada keng qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |