Fianitlar — sirkoniy va gafniy oksidlari asosida olingan sintetik kristallar. 1972-yil sobiq SSSR Fanlar akademiyasi fizika instituti (FIAN)da yaratilgan (nomi shundan). Fianitlar tabiatda uchramaydi, kubik kristall panjaraga ega. Fianitlar rangsiz yoki aralashmalar taʼsirida turli ranglarga boʻyalgan boʻlishi mumkin. Fianitlarning qattiqligi, erish temperaturasi, kislota va ishqorlarning taʼsiriga turgʻunligi yuqori, nur sindirish koʻrsatkichi p=2,152,25, zichligi 6,5—10 g/sm3. Fianit zargarlik sanoatida sapfir, topaz, yoqut va hatto olmos kabi qimmatbaho toshlarning oʻrnini bosishi mumkin. Fianitdan yuqori trada ishlovchi optik linzalar va "tuynukadar yasaladi. Fianitlar lazer materiali sifatida ham ishlatiladi.