Fibrillar
Fibrillar (lot. fi brilla – tolacha, ipcha) – 1) hujayra sitoplazmasining harakatlanish yoki tayanch funksiyasini bajaradigan ipsimon strukturasi. Fibrillar protofibrillalardan tashkil topgan. Qisqaruvchi fibrillar qisqaruvchi oqsil – aktin, muskul hujayralari – miozindan iborat. Qisqarish va boʻshashish jarayonida fibrillar oʻz strukturasini oʻzgartiradi. Tonofibrillalar (ulardan ayrimlari keratinga ega) epiteliy hujayralarida koʻp boʻlib, hujayraning tarangligi va qattiqligini taʼminlaydi. Nerv hujayralari sitoplazmasidagi nitrofibrillalar nerv impulslarini oʻtkazishda ishtirok etadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |