Fidel Castro
Fidel Alexandro Kastro Rus ( audio) (ispancha: Fidel Alejandro Castro Ruz; 13-avgust 1926-yil — 25-noyabr 2016-yil) — kubalik inqilobchi va davlat arbobi, komandante, Kuba rahbari (1959-yildan).


Ukasi Raul Kastro va argentinalik hamfikri Ernesto Che Gevara bilan birgalikda Kubada diktator Fulxensio Batistaga qarshi inqilobiy harakatni boshladi. Inqilobdan soʻng, 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro Kuba Respublikasi Bosh Vaziri, 1976-yildan esa — prezidenti boʻldi.
Fidel Kastro 2006-yilning 31-iyulida sogʻligʻi yomonlashgani tufayli oʻz vazifalarini ukasi Raul Kastroga topshirdi.
Manbalar
tahrir
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |