Figura
Figura- geometrik shakl hisoblanadi.
- muayyan narsabuyumlarning tashki koʻrinishi, shakli;
- inson tanasining koʻrinishi, qaddiqomat;
- biror narsani harakat bilan bajarishda (rake, gimnastikada, konkida uchish va boshqalarda) bajaruvchi shaxs egallaydigan, paydo qiladigan holat, koʻrinish;
- geometriyada — tekislikdagi nuqtalar toʻplami (chiziq, doira, burchak, kvadrat — yassi Figuralar) yoki fazodagi nuqtalar toʻplami (konus, kub, piramida — fazoviy Figuralar);
- haykaltaroshlik, rassomlikda — inson yoki jonivorlarning xaykal yoki surat tarzidagi tasviri;
- tilshunoslik va adabiyotshunoslikda — nutqning tasviriy ifodalari, iboralari — stilistik (uslubiy) Figuralar, mas, antiteza, inversiya, mubolagʻa va boshqa;
- shaxmatda — piyodalardan boshqa donalar (shoq, fil, ot kabilar)ning; karta oʻyinida — katta qiymatli kartalar (valet, dama, shoh, tuz)ning umumiy nomi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |