Filipe Luís
Filipe Luís Kasmirski (talaffuzi: Filipe Luis Kasmirskiy; 1985-yil 9-avgustda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „Flamengo“ futbol klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Filipe Luís Kasmirski | ||
Tavallud sanasi | 9-avgust 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Jaraguá do Sul, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Flamengo | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995 | Figueirense |
Klublardagi faoliyati
tahrirFilipe Luís Braziliyaning Santa Katarina shtatidagi tugʻilgan. Filipe Luís asli polshalik, ammo uning ota-bobolari 1891-yilda Polshadan Braziliyaga koʻchib kelgan[1]. Filipe Luís Braziliyaning „Figueirense“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi boʻlib, uning asosiy tarkibida Filipe Luís 24 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2004-yilda Filipe Luís Amsterdamning „Ajax“ futbol klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan. 2005-yil 18-avgustda Filipe Luís Urugvayning „Rentistas“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan, ammo u darhol Ispaniyaning „Real Madrid“ futbol klubiga ijaraga berilgan. Ijaradan qaytgan Filipe Luís yana ispan klubiga, bu safar „Deportivo de La Coruña“ futbol klubiga ijaraga berilgan. Futbolchi „Deportivo de La Coruña“ futbol klubida ajoyib mavsum oʻtkazgach, ispan klubi ijara muddatini yana bir yilga uzaytirishga qaror qilgan. 2008-yil 10-iyunda klub Filipe Luísni 2,2 million yevroga sotib olgan va u bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
2019-yilda „Atlético de Madrid“ futbol klubi safida 333 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan Filipe „Flamengo“ futbol klubi bilan 2021-yil dekabrigacha shartnoma imzolagan[2]. 2019-yil 23-noyabrda jamoa bilan birgalikda Libertadores kubogini qo‘lga kiritgan[3]. U jamoasiga Braziliya chempionatida g‘alaba qozonishga ham yordam bergan [4]. 2019-yilda Filipe Luís terma jamoa bilan Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirFilipe Luís Braziliya terma jamoasi uchun 2005-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan, uning jamoasi uchinchi oʻrinni egallagan. 2009-yil avgust oyi boshida Filipe Luís Braziliya terma jamoasiga 12-avgust kuni Tallinda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini tarkibiga kiritilgan. Filipe Luís 15-oktyabr kuni JCh-2010 saralash turnirining soʻnggi oʻyinida terma jamoadagi debyutini oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan. Oʻyinda Filipe Luís almashtirilgan, uning oʻrniga 75-daqiqada yarim himoyachi Aleks Meschini maydonga tushgan. Oʻyin durang bilan yakunlangan.
2015-yilning yozida Filipe Luís Braziliya terma jamoasining Amerika Kubogidagi barcha toʻrtta oʻyinida birinchi daqiqalardan oʻynagan.
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Figueirense F. C. Braziliya | 2003 | 7 | 1 | — | — | 7 | 1 | ||
2004 | 17 | 0 | — | — | 17 | 0 | |||
Jami | 24 | 1 | — | — | 24 | 1 | |||
Real Madrid C. F. „B“ Ispaniya | 2005—2006 | 37 | 0 | — | — | 37 | 0 | ||
Jami | 37 | 0 | — | — | 37 | 0 | |||
R. C. Deportivo de La Coruña Ispaniya | 2006—2007 | 19 | 0 | 7 | 1 | — | 26 | 1 | |
2007—2008 | 33 | 1 | 2 | 0 | — | 35 | 1 | ||
2008—2009 | 38 | 2 | 2 | 0 | 12 | 0 | 52 | 2 | |
2009—2010 | 21 | 3 | 3 | 1 | — | 24 | 4 | ||
Jami | 111 | 6 | 14 | 2 | 12 | 0 | 137 | 8 | |
Atlético de Madrid Ispaniya | 2010—2011 | 27 | 1 | 6 | 0 | 3 | 0 | 36 | 1 |
2011—2012 | 36 | 0 | 1 | 0 | 16 | 0 | 53 | 0 | |
2012—2013 | 32 | 1 | 6 | 2 | 4 | 0 | 42 | 3 | |
2013—2014 | 32 | 0 | 7 | 0 | 10 | 1 | 49 | 1 | |
Chelsea F. C. Angliya | 2014—2015 | 15 | 0 | 6 | 1 | 5 | 0 | 26 | 1 |
Jami | 15 | 0 | 6 | 1 | 5 | 0 | 26 | 1 | |
Atlético de Madrid Ispaniya | 2015—2016 | 32 | 1 | 3 | 0 | 10 | 0 | 45 | 1 |
2016—2017 | 34 | 3 | 4 | 0 | 10 | 0 | 48 | 3 | |
2017—2018 | 20 | 1 | 0 | 0 | 8 | 0 | 28 | 1 | |
2018—2019 | 27 | 2 | 0 | 0 | 5 | 0 | 32 | 2 | |
Jami | 240 | 9 | 27 | 2 | 66 | 1 | 333 | 12 | |
C. R. Flamengo Braziliya | 2019 | 16 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 23 | 0 |
2020 | 31 | 2 | 3 | 0 | 7 | 0 | 49 | 3 | |
2021 | 22 | 0 | 5 | 0 | 11 | 0 | 43 | 0 | |
2022 | 10 | 0 | 9 | 0 | 11 | 0 | 40 | 1 | |
Jami | 79 | 2 | 17 | 0 | 36 | 0 | 155 | 4 | |
Umumiy faoliyatida | 506 | 18 | 64 | 5 | 119 | 1 | 712 | 26 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Filipe może zagrać dla Polski“(pol.)
- ↑ „Филипе Луис стал игроком «Фламенго»“ (2019-yil 23-iyul). 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-noyabr.
- ↑ „¡Flamengo campeón de la CONMEBOL Libertadores 2019!“ (es) (2019-yil 23-noyabr). 2019-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
- ↑ „Flamengo é campeão brasileiro e se torna primeiro time desde 1963 a ganhar Nacional e Libertadores no mesmo ano“ (pt). Globo (2019-yil 24-noyabr). 2019-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.