Filippin (Philippines), Filippin Respublikasi (tagalcha Republikasining Pilipinas, ing. Republic Philippines) — Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat, Tinch okeandagi Filippin arxipelagida joylashgan. Maydoni 300 ming km². Aholisi 84,526 mln. kishi (2002). Poytaxti —Manila shahri Maʼmuriy jiqatdan 74 viloyat (province)ra boʻlinadi.

Filippin Respublikasi
Repúbliká ng̃ Pilipinas
ShiorMaka-Diyos, Makatao, Makakalikasan at Makabansa
(Xudo, Xalq, Tabiat va Davlat uchun)
Madhiya: Lupang Hinirang
Location of Filippin
Poytaxt Manila
Rasmiy til(lar) Filippin tillari
Inglizcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Rodrigo Duterte
Mustaqillik
12-iyun 1898
• AQShdan
4-iyul 1946
Maydon
• Butun
300,000 km2 (71-oʻrin)
• Suv (%)
0.61
Aholi
• 2023-yilgi roʻyxat
115,857,473 (12-oʻrin)
• Zichlik 292/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$451,300 mil. (25-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,137
Pul birligi Filippin pesosi (PHP)
Vaqt mintaqasi UTC+8
• Yoz (DST)
UTC+8
Qisqartma RP
Telefon prefiksi 63
Internet domeni .ph

Davlat tuzumi tahrir

F. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987-yil maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan Gloriya Makapagal Arroyo xonim), u toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi, 2muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Prezident hukumat boshligʻi ham hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni F. Kongressi (2 palatali parlament — senat va vakillar palatasi), ijrochi xrkimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati tahrir

F. arxipelagi 7107 oroldan iborat, shundan 800 tasida odam yashaydi. Yiriklari: Luson, Mindanao, Samar, Negros, Palavan, Mindoro, Sebu, Leyte. Mamlakat yer yuzasining aksariyati togʻli (eng baland joyi — 2954 m, Mindanao oroldagi Apo vulkani). Harakatdagi va soʻngan vulkan koʻp. Teztez zilzila boʻlib turadi. Hududning 1/4 qismi pasttekislik. Togʻlar oraligʻida soyliklar va dengiz sohillarida ensiz tekisliklar joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, xromit, marganets, nikel, mis, shuningdek, simob, oltin, kumush, turli qurilish materiallari bor. Iklimi tropik va subekvatorial mussonli. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°, togʻlarda 19°gacha. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1000–4000 mm. Tayfunlar boʻlib turadi. RioGrandedeMindanao, Agusan, Kagayan va boshqa daryolari sersuv va seroyetona. Koʻl kam, eng kattasi Luson oroldagi Bay koʻli.

Tuprogʻi, asosan, laterit tipli qizil va sariq, togʻlarda togʻkashtan, dare vodiylarida allyuvial tuproq. 10 ming tur oʻsimlikning 40% endemik. Hududining 46% tropik urmondan iborat. Qimmatbaho yogʻoch olinadigan doim yashil daraxt turi koʻp. Dengiz sohillarida mangro urmonlari mavjud. 1200 m dan baland joylar butazor va oʻgloq bilan band. Hayvon turi kup emas. Iirik sut emizuvchilar yoʻq. Bugʻuning bir necha turi, yovvoyi tungʻiz, mangust uchraydi. Qushlarning 750 dan ortiq turi yashaydi. Sudralib yuruvchi hayvon kup. MayonVolkano, Kanlaon, Maunt Apo va boshqa milliy bogʻlari va quriqxonalari bor.

Aholisi tahrir

F.da oʻzaro yaqin til va shevalarda soʻzlashuvchi 90 dan ziyod elat va qabilalar yashaydi. Ularning yiriklari: bisayya, tagal, ilok, bi. kol, pampangan, pangasinan va boshqa Bundan tashqari, xitoy, osiyolik, yevropalik va amerikaliklar ham bor. Shahar aholisi 56%. Rasmiy tillar — tagal va ingliz tillari. Dindorlari xristian, islom dinlariga eʼtiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Manila, KesonSiti, Sebu, Davao.

Tarixi tahrir

F. xududida miloddan avvalgi 2ming yillikda Osiyo qitʼasidan, miloddan avvalgi 1ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan janubiy mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib chiqarganlar, qisman ular bilan qorishib ketganlar. 14—15-asrlarda Indoneziya orqali Luson, Sebu orollarida, Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521-yil Magellan boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin orollariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tormor etgach (F.da uni mustaqillik uchun kurashning birinchi qahramoni sifatida eʼzozlaydilar), Ispaniya 1564-yil Legaspi boshchiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi F.ning markaziy va shimoliy qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining koʻpchiligini (janubdagi musulmonlardan tashqari) xristian diniga kiritdi. 1756—63 yillardagi 7 yillik urush davrida ingliz qoʻshinlari Manila shahri va bir qancha joylarni bir yilgacha egallab turdilar. 19-asrning 2yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat ishlari rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga yetdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik tashkilotlarini tuzdilar. 1892-yil A. Bonifasio va boshqa rahbarligida Katipunan deb ataluvchi yashirin vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez orada keskin choratadbirlar koʻrish tarafdori boʻlgan ziyolilar bu tashkilotga qoʻshildi. Katipunan chaqirigʻi bilan milliy ozodlik inqilobi (1896—98) boshlandi. Inqilobchilar 1897-yil 22-martda mustaqil respublikani eʼlon qildilar. AQSH 1898-yil aprelda Ispaniya mustamlakalarini egallash uchun urush boshladi. 1898-yil 12-iyunda F. 2marta mustaqil deb eʼlon qilindi. 1899 — 1901-yillardagi Amerika — Filippin urushi natijasida AQSH F.ni bosib oldi. 1934-yil F. muxtoriyatga ega boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida F. hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946-yil 4-iyulda F. mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. F. 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 22-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 13-aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12-iyun — Mustaqillik kuni (1898).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari tahrir

Liberal partiya, 1946-yil tuzilgan; Millatchilar partiyasi, 1907-yil asos solingan, 1972-yil taqiqlangan, 1978-yil yana faoliyat boshlagan; F. kommunistik partiyasi, 1930-yil tashkil etilgan; "F. vatanparvar ommasining demokratiya uchun kurashi" partiyasi, 1997-yil tuzilgan; LakasXristian demokratlar milliy ittifoqi — partiya bloki, 1992-yil tashkil etilgan. F. kasaba uyushmalari kongressi, 1975-yil asos solingan, 39 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.

Xoʻjaligi tahrir

F. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 22%, sanoatniki 32%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 48%.

Qishloq xoʻjaligida kichikkichik dehqon xoʻjaliklari koʻpchilikni tashkil qiladi. Yirik plantatsiya xoʻjaliklari ham bor. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 9 mln. gektar (mamlakat hududining 30%), shundan 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Eksport uchun shakarkamish, abaka, geveya, kokos palmasi, yer yongʻoq, kofe, kakao, tamaki, tropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — sholi, makkajoʻxori, batat, maniok, sabzavot. Chorvachiligi rivojlangan: qoramol va buyvol, choʻchqa, echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho eksportbop pushti va kizil daraxt yogʻochlari tayyorlanadi.

Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganets, xrom rudalari, shuningdek, toshkoʻmir, neft, simob, oltin, kumush qazib olinadi. Filippin sanoati qand, sholi oklash, tamaki, yogʻmoy, meva konservalash, kopra, arqon va boshqa korxonalardan iborat. Yogʻochsozlik, mebel va koʻn-poyabzal sanoati ham rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak surʼatda taraqqiy etmokda. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobil yigʻish), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral oʻgʻit, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan, neft kimyosi, toʻqimachilik, tikuvchilik, "oyna, sement zavodlari bor. Hunarmandchilik kds. tarmoq hisoblanadi. Yiliga oʻrtacha 26,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Temir yoʻli uzunligi 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 161 ming km. Asosiy dengiz portlari: Manila, Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalkaro aeroport bor. F. chetga kandshakar, kopra, kokos moyi, metall rudalari, yogʻoch, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar chiqaradi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni bilan savdo qiladi. Pul birligi — Filippin pesosi.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar universitet va tibbiyot institutlarida tayyorlanadi. F.da oʻrta maktablarning yarmidan koʻprogʻi va boshlangʻich maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga karashli va xususiy maktablarda pul toʻlab oʻqiladi. Boshlangʻich maktabda oʻqish majburiy va bepul boʻlib, unga bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi va 6 yil oʻqitiladi. Oʻrta maktablarda oʻkish muddati 4 yil Darslar ingliz va mahalliy tagal tillarida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo maktablarida amalga oshiriladi. Boshlangich maktablarning oʻqituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng kattasi Maniladagi F. normal (ped.) kollejidir. Oliy oʻquv yurtlarining kupi xususiy. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Maniladagi Katolik SantoTomas universiteti (1611), Manila universiteti, Uzok, Sharq universiteti (1928), Sharq universiteti (1946), KesonSiti shahridagi Filippin universiteti (1908). Yetakchi ilmiy muassasalar universitetlar xuzurida tashkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari — Yadro tadqiqotlari markazi (1958), F.taraqqiyot akademiyasi (1973), Kokos palmasi ilmiy tadqiqot instituta, F. fanlar akademiyasi (1976) va boshqa Xalkaro sholi ilmiy tadqiqot instituta bor. Untlar xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada Milliy kutubxona ishlaydi. Manilada SantoTomas muzeyi (1682), F. Milliy muzeyi (1901) va Metropoliten sanʼat muzeyi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Balita" ("Yangiliklar", tagal tilida chikadigan kundalik gazeta, 1972-yildan), "Manila bulletin" ("Manila byulleteni", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1972-yildan), "Manila ivning post" ("Manila oqshom pochtasi", ingliz tilida chikadigan kundalik kechki gazeta, 1975-yildan), "Manila tayms" ("Manila vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1945-yildan), "Piplz djornel" ("Xalq gazetasi", tagal va ingliz tillarida chikadigan gazeta, 1979-yildan), "Tempo" ("Surʼat", tagal va ingliz tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1983-yildan), "Yunayted deyli nyus" ("Kun yangiliklari", ingliz va xitoy tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1973-yildan), "Sulong" ("Olgʻa", oylik byulleten). F. yangiliklar agentligi — davlat axborot mahkamasi boʻlib, 1973-yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish 1952-yildan, telekoʻrsatuv 1953-yildan boshlangan. Mamlakatdagi barcha radio va telestyalar faoliyati "Neshnl telekommyunikeyshne kommishn" hukumat mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi.

Adabiyoti tahrir

F. xalklari va elatlari adabiyoti tagal va boshqa mahalliy tillarda, shuningdek, ispan va ingliz tillarida rivojlanib kelmoqda. F. xalq ogʻzaki ijodiyoti va, ayniqsa, qaxramonlik dostonlarida malayya va indonezyava adabiy anʼanalarining taʼsiri seziladi. 16—19-asrlardagi Ispaniya hukmronligi davrida ispan tilida diniynasihat ruhidagi adabiyot vujudga keldi. Zamonaviy tagal adabiyotining asoschisi F. Baltasar (taxallusi Balagtas)ning "Florante va Laura" dostoni (1838) mashhur. 1856-yil M. de Kastroning tagal tilida bosilib chiqqan birinchi romani "Urban va Felisa" (1863)dan keyin 20-asrning 1yarmida V. ErnandesPenya, L.K. Santos romanlari, X. Korasan de Xesus, A.V. Ernandes sheʼrlari, A. V. Ernandes, D. Rosario, F. Galauran hikoyalari paydo boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sheʼriyat va hikoya navislik yanada rivoj topdi. A.V. Ernandesning "Shayton yigʻi", "Vahshiy qushlar", F. Galauranning "Bir qisim guruch", N. Karavananing "Kizil uydagi farishta" romanlari ijtimoiy va maishiy mavzularga bagashlandi.

Ispan tilidagi adabiyot rivojida X. Risal romanlari ("Menga tegishma", "Flibustyerlar") katta ahamiyatga ega boʻldi. 20-asrning 1yarmida S. Apostol, F. Gerrero, K.M.Rekto va boshqalarlarning vatanparvarlik sheʼriyati mashhur boʻldi. Xuddi shu davrda X.G. Vilya, M.E. Argilya, N.V.M. Gonsales, K. Bulosan kabilar ingliz tilida novella va sheʼrlar yaratishdi. 2jaxrn urushidan keyingi davrda E. Okampo, N. Xoakin, E. L. Tyempo va boshqa adiblar yetishib chikdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati tahrir

Mahalliy aholining anʼanaviy uylari qoziqlar ustiga chaylasimon qilib quriladi, usti palma bargi bilan yopiladi. Mustamlaka davrida shaharlar, istehkomlar, cherkov va saroylar barokko hamda klassitsizm uslubida qurila boshladi (Luson oroldagi SanNikolas cherkovi, 17-asr; Maniladagi SantoTomas universiteti, 1608—15 yil). 19-asr 2yarmi va 20-asr 1yarmida Manila shahrida Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida binolar barpo etildi. F. meʼmorlaridan P. Antonio, S. Konso, L. V. Loksin, A. Nakpil oʻz ijodida ispan meʼmorligi uslubidagi bino va inshootlarni millim ruxda bezashga ahamiyat bera boshladilar (Panay orol Iloilo shahridagi Miagao ibodatxonasi; Maniladagi F. madaniyat markazi, 1969, meʼmor L.V. Loksin).

F. hududida miloddan avvalgi 2—1ming yillikka oid sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Qadimdan yogʻoch va bambuk oʻymakorligi, toʻqimachilik, metallsozlik, kashtachilik, zargarlik kabi kasblar mashhur boʻlgan. Maniladagi SanAgustin cherkovining oʻymakor yogʻoch eshiklari (1606) va SanIgnasio cherkovining ibodat qilinadigan qismidagi oʻyma naqshlar F. sanʼatining ilk namunalaridir. 19-asrning 2yarmi va 20-asrning 1yarmida dastgoh rangtasviri (X. de Luna, F. Idalgo, F. Amorsolo), haykaltaroshlik (G. Tolentino) paydo boʻddi. F. Roxas portret va manzara, X. Risal rangtasvir va haykaltaroshlik sohasida unutilmas asarlar yaratishdi. F. Amorsolo asos solgan "Anʼanavii maktab" 20-asr oʻrtalariga kelib F. rassomlari akademiyasiga aylandi. 50—60k.larda K.V. Fransisko ijodi kamol topdi. U afsona va rivoyatlarga, ozodlik harakati qaxramonlariga, shuningdek, dehqonlar, baliqchilar, konchilar hayotiga bagʻishlangan koʻpgina devoriy rayem va manzaralar yaratdi. A. MagsaysayXo ismli ayol rassom qishloq xotinqizlarining lobar siymosini tasvirlovchi goʻzal asarlari bilan eʼtibor qozondi. V. Manansala, R. Tabuena, M. Malang Santos, U. Yonson, E. Okampo, A. R. Lus, F. Sobel kabi rassomlar, X. Alkaptara va A.M. Imao, N. Abue kabi haykaltaroshlar milliy realistik anʼanalarni davom ettirdilar.

Musiqasi tahrir

Marosim (harbiy, toʻy), mehnat va boshqa xalq qoʻshiq hamda raqslari azaldan davom etib keladi. Togʻlik va musulmon xalqlarning qad. musiqasi deyarli oʻzgarishsiz saqlangan. 16— 18-asrlarda xristian diniga kirgan va ispanlar taʼsirida boʻlgan xalqlarda esa biroz mahalliylashgan ispancha raqslar (xota, xabanera) tarqala boshlagan. Cholgu asboblari: bambuk va yogoch fleytalar, gonglar, gitarasimon kudyapi, gitgit (skripka turi) va boshqalarlar. Rondalya deb ataluvchi torli milliy orkestr shuhrat qozongan. Professional musiqa 19-asrdan rivoj topdi. 1916-yil F. universiteti huzurida konservatoriya ochildi, keyinroq Manila va KesonSiti shaharlarida musiqa muassasalari va jamoalari tashkil topdi. Kompozitorlar orasida X. Silos, X. Estelya, A. Molina, F. Buenkamina, F. de Leon, J. A. Dadap va boshqa mapghur. Manilada Milliy filarmoniya jamiyati, "Bayanixan" (1956), "Filippineskas" (1958), "Barangay" ashularaqs ansambllari, F. universitetining "Madrigal" kamer xori, Manila simfonik orkestri, F. Madaniyat markazining orkestri, Konsert orkestri ishlaydi. Milliy musika kengashi, kompozitorlar jamiyati mavjud.

Teatri tahrir

Qadimdan davom etib kelayotgan va ashula, raqslar bilan oʻtadigan taomil, rasmrusumlar va ularda gavdalantiriladigan mehnat jarayonlari, toʻy udumlari teatr sanʼati uchun manba boʻlgan. F. professional teatri xitoy, hind, indonez, keyinroq ispan va amerika madaniyati taʼsirida shakllandi. 19-asr oʻrtalarida Manilada havaskorlik teatrlari: Eskosur truppasi (1848) va Lopes Aris truppasi (1852) vujudga kelib, ularda ispan tilidagi sevgi pyesalari (sarsuelalar) sahnalashtirildi. 1914-yil Manilada ingliz tilidagi "Litl tietr" tashkil topdi. Uning aktyorlari ham, tomoshabinlari ham asosan, Manila universitetining talaba va muallimlari edi. F. mustaqillikka erishgach, tagal tilidagi dramaturgiya va teatr rivojlana boshladi. "Barangay teatr gildiyasi" (1939), F. aktyorlar laboratoriya (1959), Meralko teatri, Raj Soliman teatri va boshqa yarim professional jamoalari milliy sanʼat (moromoro, sarsuela va boshqalar) anʼanalarini jahon teatrining eng yaxshi namunalari yutuqlari bilan birga qoʻshishga intiladi. 1972-yil Manilada koʻchma bolalar teatri tashkil etildi.

Kinosi tahrir

1919-yil rejissor va aktyor X. Nepomuseno milliy kino firma tashkil etganidan soʻng kinofilmlar doimiy ishlab chiqarila boshladi. Tagal tilida "Qishloqi qiz" nomli dastlabki badiiy film yaratildi. "Uch maqtanchoq" (1926) ovozsiz filmlar orasida eng yaxshisi buldi. 1932-yil dastlabki ovozli filmlar ("Qallob", rejissor J. P. Musser; "Oltin xanjar", rejissor X. Nepomuseno) chikarildi. 30-yillardagi eng yirik kino birlashmalari — "Sampagita" va "LVN" chiqargan filmlarda milliy tarix va mifologiya syujetlaridan foydalanildi. shuningdek, "Yirtilgan bayroq", "Zulmat va nur" komediyalari ham yaratildi. 1946-yil tashkil etilgan "Premyer prodakshn" studiyasi koʻngilochar ruxdagi filmlar bilan bir qatorda togʻli qabilalar hayotini tasvirlovchi filmlarni ham suratga oldi. 50—60-yillarda "Xarana", "Dunyoning oxirigacha" (ikkalasining rejissor J. de Leon), "Parij romanei", "Badayo" (ikkalasining rejissor L.V. Avelyana) ekranga chiqarildi. 20-asr oxirlarida yaratilgan "Qaqroq yerni sugʻor" (rejissor O. Buenaventura), "Narkotik chayqovchilarini oʻldiringlar" (rejissor J. Estrada) filmlari dolzarb zamonaviy mavzularga bagʻishlangan. 1960-yillarning oʻrtalaridan Manila kinofestivali utkazib kelinadi.