Bosh menuni ochish

Fillit (yun. phyllon — varaqsimon) — seritsit yoki xloritning mayda tangachalaridan tarkib topgan, yupqa varaqsimon metamorfik togʻ jinsi. F. tarkibida chaqiq kvars donachalari va baʼzan, albitning yangi hosil boʻlgan kristallari mavjud. Rangi, odatda, toʻq kulrang yoki kora. F. gilli slanetslar va argillitlarning metamorfizmi jarayonida hosil boʻladi. Metamorfizm darajasi oshgan sayin, slyudali slanetslarga aylanib boradi. F.ning seritsitli, xloritli turlari maʼlum. Oʻzbekistonda Qurama va Chatqol togʻlarida, Fargʻona jan.da, Qizilqumda, asosan, biotitli va xloritli F.lar koʻp uchraydi.