Filtrlash
Filtrlash (kimyoda) — suyuklik yoki gazni oʻtkazib, qattiq jismlarni tutib qoladigan filtrlovchi toʻsiq yordamida suspenziyalar yoki aerozollartl. ajratish jarayoni. Filtrlash maxsus qurilma — filtrda amalga oshiriladi. Suspenziyani filtrlashda suyuklikdan ajraladigan qattiq jismlar filtrlovchi toʻsiqda koʻpincha nam choʻkma hosil qiladi. Bu choʻkma suv va boshqa suyuqliklar bilan yuvib tushiriladi yoki quritish maqsadida havo bilan puflanadi. Juda qovushqoq va konsentratsiyasi kichik nozik dispers suspenziyalarning kattik zarralari filtrlovchi toʻsiqning teshikchalariga singib, choʻkma hosil qilishi yoki qilmasligi mumkin. Teshikchalarni kamaytirish yoki kichraytirish maqsadida yordamchi moddalar (diatomit, perlit, asbest, sellyuloza va boshqalar) koʻllanadi. Bunday moddalar filtrlovchi toʻsiqqa beriladi yoki suspenziyaga qoʻshiladi. Filtrlovchi toʻsiq orqali oʻtgan suyuklik filtrat deb ataladi.
Filtrlashning kuyidagi turlari bor: a) suspenziyaning oʻzinigina ajralishi, yaʼni suspenziya tarkibidagi filtrlovchi toʻsikda tutib qolingan qattik jiyemni ajratish; b) suspenziyani quyultirish — filtrlovchi toʻsiq orKali sutoq fazaning bir qismini oʻtkazib yuborib, suspenziyaning konsentratsiyasini oshirish; v) suyuqlikni tiniqlashtirish — uni oz miqdordagi muallaq moddalardan tozalash.
Filtrlash bir jinsli boʻlmagan suyuk sistemalarni ajratish, gazlarni tozalashning samarali usulidir, u lab. va sanoatda (kimyo, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, konchilik va boshqa sohalarda) keng qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |