Finalissima 2022 CONMEBOL-UEFA Chempionlar Kubogining uchinchisi boʻlib, avvalroq boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika va Yevropa chempionatlari gʻoliblari oʻrtasidagi futbol oʻyini. Uchrashuvda Euro-2020 gʻolibi Italiya (2021-yilda boʻlib oʻtadi) va Amerika Kubogi-2021 gʻolibi Argentina terma jamoalari ishtirok etadi. 2022-yil 1-iyun kuni Angliyaning London shahridagi “Wembley” stadionida boʻlib oʻtadi. Ushbu oʻyin 29 yil oldin oʻtkazilgan Copa Artemio Franchining qayta tiklanishi va UEFA hamda CONMEBOL tomonidan ikki konfederatsiya oʻrtasidagi yangilangan hamkorlik doirasida tashkillashtirilmoqda.

Finalissima 2022
Sana 1-iyun 2022
Maydon Wembley, London
1993
2025 →

Jamoalar tahrir

Jamoa Konfederatsiya Kvalifikatsiya Avvalgi finallari (gʻalabalar belgilangan)
  Italiya UEFA Euro-2020 gʻolibi Hech qachon
  Argentina CONMEBOL Copa America 2021 gʻolibi]] 1 (1993)

Italiya Wembleyda boʻlib oʻtgan finalda Angliyani penaltilar seriyasida magʻlub etib, UEFA Yevro-2020 (2021-yilda boʻlib oʻtgan) dagi gʻalabasi tufayli Finalissimada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi[1]. Argentina 2021-yilgi Amerika Kubogida gʻalaba qozonib, finalda Braziliyani 1:0 hisobida magʻlub etib, rekord darajadagi — 15-Amerika Kubogi chempionligini qoʻlga kiritdi[2].

Oʻyin oʻtkaziladigan joy tahrir

 
O'yin o'tkaziladigan joy — Londondagi "Wembley" stadioni

Oʻyin Angliyaning London shahridagi „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtadi. “Wembley” stadioni 2007-yilda 2002—2003-yillarda vayron qilingan asl stadion oʻrnida ochilgan. Stadion futbol assotsiatsiyasiga (FA) tegishli boʻlib, u Angliya milliy futbol stadioni sifatida xizmat qiladi. Stadion UEFA Euro-2020 musobaqasiga mezbonlik qilgan, shu jumladan xuddi shu oʻyingohda finalda Italiya penaltilar seriyasida Angliya ustidan gʻalaba qozongan. Ilgari “Empire” stadioni nomi bilan mashhur boʻlgan asl stadion 1923-yilda ochilgan va 1966-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilgan, shu jumladan finalda mezbon Angliya Gʻarbiy Germaniyani qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 4:2 hisobida magʻlub etgan va UEFA Euro-1996 da finalda Germaniya Chexiyani magʻlub etgan.

Manbalar tahrir