Finlandiya Kansallinen Ligasi ("Milliy Liga") Finlandiyadagi ayollar futbolining birinchi diviziyasidir. Finlandiya Kansallinen Ligasi 1974-yildan 2006-yilgacha Jalkapallon naisten SM -sarja ("Ayollar futboli Finlandiya chempionati seriyasi") va 2006-2019-yillar davomida Naisten Liga (fin tilida: "Ayollar Ligasi") nomi bilan tanilgan. Aynan hozirgi Finlandiya Kansallinen Ligasi nomi ostidagiFinlandiya ayollar futbolidagi birinchi mavsum 2020-yilda o`tkazilgan[1].

Finlandiya Kansallinen Ligasi
Davlat Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 1974-yil
Jamoalar soni 10 ta
Pastki liga Naisten Ykkönen
Ichki kuboklar Finlandya Ayolar Kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion Kuopion Palloseura
Eng koʻp marta chempion Helsingin Jalkapalloklubi (23 marta)
TV hamkorlar Ruutu telekanali
Veb-sayt kansallinenliiga.fi
Amaldagi oʻyin 2022: Finlandiya Kansallinen Ligasi

Formati tahrir

Finlandiya Kansallinen Ligasida jamoalar ikki davrali tizimda oʻynaydi, shundan soʻng eng yaxshi oʻrinni egallagan ikkita jamoa qo`shni davlat Daniya Ayollar 1-ligasida eng yaxshi oʻrinni olgan klubi bilan 3 ta jamoaviy pley-off guruhiga chiqadi.

2014 va 2015-yilgi Finlandiya Kansallinen Ligasining mavsumida 10 ta jamoa jami 27 marta o`yin o`tkazishlari uchun uch bosqichli tizimda oʻynadi.

2022-yilgi jamolar ro`yxati tahrir

Klub Joylashgan shahar Uy stadioni Bosh murabbiy
FC Honka Espoo Tapiolan Urheilupuisto stadioni   Rosa Lappi-Seppala
Helsingin Jalkapalloklubi (HJK) Helsinki Telia 5G arenasi   Jonne Kunnas
Ilves Tampere Tammela stadioni   Mika Lahtinen
Jyväskylän Pallokerho (JyPK) Jyväskylä Xarjun stadioni   Tuomas Jaakkola
Kuopion Palloseura (KuPS) Kuopio Savon Sanomat arenasi   Ollipekka Ojala
Pallokerxo-35 (PK-35) Helsinki MagneCit arenasi   Rami Rantanen
PK-35 Vantaa Vantaa Myyrmäen jalkaplostadion stadioni   Jari Väisänen
Tikkurilan Palloseura (TiPS) Vantaa Tikkurilan urheilupuistostadioni   Pauliina Miettinen
Turun Palloseura (TPS) Turku Turun urheilupuistostadioni   Sami Haltia
Aland United Lemland Wiklöf Holding arenasi   Samuel Fagerholm

Manba: Suomen Palloliitto (Finlandiya futbol assotsiatsiyasi) (Wayback Machine saytida 2020-05-08 sanasida arxivlangan) sayti.

Chempion jamoalar ro'yxati tahrir

Finlandiya Kansallinen Ligasi jamoasi PK-35 Vantaa jamoasi to'rt marta Finlandiya Kansallinen Ligasi chempioni bo'lgan, Helsingin Jalkapalloklubi jamoasi esa ayollar o'rtasidagi eng ko'p Finlandiya Kansallinen Ligasi chempioni unvonini qo'lga kiritgan[2].

Finlandiya Kansallinen Ligasi chempion jamoalari (2020–hozirga qadar) tahrir

  • 2020 - Aland United
  • 2021 - KuPS

Naisten Ligasi ("Ayollar Ligasi") chempion jamoalari (2007–2019) tahrir

  • 2007-yil - FC Honka
  • 2008-yil - FC Honka
  • 2009-yil - Aland United
  • 2010-yil - PK-35 Vantaa
  • 2011-yil - PK-35 Vantaa
  • 2012-yil - PK-35 Vantaa
  • 2013-yil - Aland United
  • 2014-yil - PK-35 Vantaa
  • 2015-yil - PK-35 Vantaa
  • 2016-yil - PK-35 Vantaa
  • 2017-yil – FC Honka [3]
  • 2018-yil - PK-35 Vantaa
  • 2019-yil - Helsingin Jalkapalloklubi

Jalkapallon naisten SM-sarja ("Ayollar futboli Finlandiya chempionati seriyasi") chempion jamoalari (1971–2006) tahrir

Finlandiya Kansallinen Ligasining oldingi nomi Jalkapallon naisten SM-sarja ("Ayollar futboli Finlandiya chempionati seriyasi") bo`lgan. Jalkapallon naisten SM-sarja ("Ayollar futboli Finlandiya chempionati seriyasi") chempionati nomi ostida Finlandiyada 2006-yilga qadar ayollar futboli ligasi o`tkazib kelingan. Quyidagi ro`yxatda Jalkapallon naisten SM-sarja ("Ayollar futboli Finlandiya chempionati seriyasi") chempionatining mavsum chempionlari bo`lgan jamoalar nomi keltirilgan.

 

2007-yildan hozirgi kungacha eng yaxshi to'purarlar tahrir

Mavsum Futbolci Klub Gollar soni
2007   Taru Laihanen FC Honka 21
2008   Nina Hietanen FC Kuusysi 18
2009   Nigeriya Rita Chikvelu FK United 22
2010   Anna Auvinen NiceFutis 18
2011   Felicia Schroeder Aland United 22
2012   Manya Makoski Aland United 31
2013   Nigeriya Cynthia Uwak Aland United 18
2014  Sanna Saarinen PK-35 Vantaa 20
2015  Heidi Kollanen Ilves 24
2016  Sanni Franssi PK-35 Vantaa 20
2017  Kaisa Collin PK-35 Vantaa 20
2018  Gentjana Rochi JyPK 20
2019  Jutta Rantala HPK 22
2020  Gentjana Rochi KuPS 16

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Kansallinen Liiga“ (en). kansallinenliiga.fi. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  2. „Finland - List of Women Champions“. RSSSF. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
  3. „FC Hongan naiset Suomen mestareita“. Länsiväylä (2017-yil 7-oktyabr).

Havolalar tahrir