Fiqh
Din asoslari |
Allohning birligi • Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
Asosiy ibodatlar |
Kalimai shahodat Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
Muhim Shaxslar |
Muhammad•
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Ashari mubashshara |
Muqaddas matnlar |
Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
Islomdagi mazhablar |
Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
Jamoat |
Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
Islom portali |
Fiqh (arabcha — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi islom taʼlimotining bir sohasi. „Fiqh“ soʻzi atama sifatida Qurʼon va hadislarda qoʻllanilgan. Fiqh islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. Fiqhning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn al-Hasanning „Majmuʼ al-fiqh“, Molik ibn Anasning „al-Muvattaʼ“, Ibn Hanbalning „al-Musnad“ kitoblari fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. Fiqh ilmi 10-asrga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. Fiqh bilan shugʻullanuvchi, uni oʻrganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqa mashhur faqihlar hisoblangan. Fiqh islom huquqshunosligi sifatida 2 sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al-fiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furuʼ al-fiqh)dan iborat boʻlgan. Islomning sunniylik yoʻnalishi huquqshunosligi 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik vujudga kelgan. Fiqhda boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-asrga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda va yangi davrda fiqhga oid asarlar orasida fatvo toʻplamlari koʻpaydi. Al-Kuduriyning (1037-yilv.e.) „Muxtasar“, Qozixonning (1196-yilv.e.) „Fatovo“, Burhoniddin Margʻinoniyning „Hidoya“, Ibn Bazzozning (1414-yilv.e.) „Fatovo“ asarlari bunga misol boʻladi. Ular ichida „Hidoya“ asari hanafiylik mazhabida katta shuxrat qozongan amaliy qoʻllanmadir. „Hidoya“ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining koʻp asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal boʻlgan, koʻpincha maʼmurlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798 yilv.e.) „Kitob al-xaraj“i yoki Boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658—1707) amri bilan 1669-yilda bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan „al-Fatovo al-Hindiya“ asari va boshqa Islom mamlakatlari huquq tizimida fiqhning roli doimo bir xil boʻlgan emas. Jumladan, 16-asrda Usmonli turk saltanatida va 17-asr 2-yarmida Boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qoʻllanildi, biroq umuman fiqh huquqshunoslik bilan toʻla-toʻkis moye kelgan emas. Fiqhning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan biron-bir tarzda qoʻllab-quvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqihlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hozirgi vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmoqda, bu esa fiqh taʼsir doirasini muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday boʻlsada, fiqhning ayrim tarmoqlari, tartib-qoidalari va meʼyorlari aholisining koʻpchiligi musulmon boʻlgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida qoʻllanilmoqda.
AdabiyotTahrirlash
- Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, T., 2000;
- Abdul Vahhob Xallof, Usul ul-fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1—2 qism, T., 1997; 3—4 qism, T., 1999;
- Juzjoniy A. Sh., Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqihlari, T., 2002;
- Saidov A., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997;
- Xusniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |