Firuz Yusupovich Gʻarib (1946.19.8. Samarqand) — immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998), tibbiyot fanlari doktori (1978), professor (1983), SamTI davolash fakultetini tugatgach (1970), shu institutda oʻrganuvchi-tadqiqotchi, assistent, immunologiya boʻlimi mudiri (1970—76), Samarqand markaziy ilmiy laboratoriya mudiri (1976—80), Toshkent tibbiyot akademiyasining mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi mudiri (1980—95). "Sogʻlom avlod uchun" nodavlat xalqaro xayriya jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari (1995—97), Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti direktori (1997—2003), ayni vaqtda "Immunomed" firmasi direktori. Ilmiy faoliyati immunologiya, virusologiya va mikrobiologiyaga oid. Uning rahbarligida mamlakatimizda ilk bor organizmning immun holatini tiklovchi "Immunomodulin" preparati ishlab chiqildi. Oʻzbekiston immunologlari ilmiy jamiyati prezidenti (1983—90).

Manbalar

tahrir
  • Splenosorbsiya u detey, T., 1995; Immunozavisimne bolezni, T., 1995.