Fitopatologiya (fito..., pato... va logiya) — oʻsimlik kasalliklari, ularning oldini olish va tugatish usullari hamda tadbirlari haqidagi fan. Umumiy va xususiy fitopatologiyaga boʻlinadi. Umumiy fitopatologiya oʻsimlik kasalliklarining paydo boʻlishi sabablarini, kasallikni qoʻzgʻatuvchi organizmlar tuzilishi va ularning sistematikasini, rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini, kasallangan organizmlardagi anatomikfiziologik buzilishni, oʻsimlik karantini va immunitet masalalarini, oʻsimliklarni himoya qilish usul va tadbirlarini; xususiy yoki maxsus fitopatologiya ekinlar kasalliklarini oʻrganadi va ularga qarshi kurash choralarini tavsiya etadi. Fitopatologiya oʻsimlik anatomiyasi va fiziologiyasi, mikrobiologiya, mikologiya, genetika, seleksiya, oʻsimlikshunoslik, kimyo, fizika va boshqa fanlar yutuklaridan foydalanadi.

Kasalliklarning oʻsimlikka zarar keltirishi qadimdan maʼlum boʻlgan. 18-asr 2yarmida tajribalar asosida (Rossiyada A. T. Bolotov, Fransiyada A. Timet, Italiyada fitopatologiya Fontana, Daniyada Ya. Fabritsius) qorakuya, zang, toshkuya va boshqa kasalliklarning yuqumliligi isbot qilindi, lekin ularni bartaraf etish yoʻllari topilmadi. 19-asrning 2yarmida nemis olimi A. De Bari, rus mikologi va fitopatologi M. S. Voronin va ularning shogirdlari koʻpchilik oʻsimlik kasalliklarining sababchisi zamburug ekanligini isbotladilar. 19-asrning oxirida fitopatologiya zamburugʻlar, virus lar va boshqa parazitlar keltirib chikaradigan kasalliklarni oʻrganuvchi fan sifatida shakllandi. B u davrga kelib uning asosiy yoʻnalishlari: mikologiya, parazitologiya, ekologiya, immunologiya, kimyoviy toksikologiya, virusologiya, oʻsimliklarning bakterioz va nematoda kasalliklari haqidagi taʼlimoti shakllandi.

Tadqiqotchi olimlar qorakuya, zang, oqpalak (vilt) zamburugʻlari turlari, kalmaraz, fitoftoroz va boshqa kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining patogenezi, epifitoetiologiyasining muhim qonuniyatlarini aniqladilar. Kasallik qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashning samarali kimyoviy, biologik usullarini ishlab chikdilar. Terapevtik taʼsir koʻrsatuvchi moddalar (baʼzi antibiotiklar va sirtdan taʼsir qiladigan fungidsidlar) ustida izlanishlar olib borildi. Seleksionerlar va fitopatologlar zang, oq va kulrang chirish, vilt, ildiz chirishi kabi kasalliklarga chidamli bugʻdoy, kungaboqar va tamaki navlarini yaratdilar. Viltga chidamli gʻoʻza navlarini yetishtirish va viltga qarshi kurashning yangi usullari ustida katta ishlar olib borildi.

Oʻsimliklarni kasalliklardan himoya qilish va fitopatologiyaning yangi masalalarini ishlab chiqishda oʻsimlik immuniteti omillari va qrnuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarni kasallikka chidamliligini aniklash, fitopatologik ekspertiza va oʻsimlik kasalliklari diagnostikasining yangi usullarini ishlab chiqish; zamburugʻ, bakterial, virusli va boshqa kasalliklar patogenezini oʻrganish; oʻsimlikning kimyoviy immunizatsiyasini oʻrganish (bunda oʻsimliklarning kasalliklarga chidamlilik qobiliyati keyingi 2— 4 avlodga oʻtadi); oʻsimliklarni himoya qilishning texnikaviy vositalari, katta hajmdagi himoya ishlarini rejalashtirish uchun zarur boʻlgan koʻp yillik maʼlumotlardan foydalanish usullarini ishlab chiqish va boshqa katga yordam beradi. Fitopatologiya da turli tadqiqot usullari, jumladan, mikologik virusologiya va bakteriologik tadqiqotlar, anatomiya, biokimyo va oʻsimliklar fiziologiyasi, kimyo va biofizika, biotexnologiya, umumiy agronomiya, meteorologiya va iklimshunoslik, variatsion statistika usullari qoʻllanadi.

20-asr boshlarida gʻoʻza kasalliklarini oʻrganishni Oʻrta Osiyoda, xususan, Uzbekistonda birinchi boʻlib professor N. G. Zaprometov boshlab berdi. Olimlardan A. I. Solovyev, N. S. Mirpoʻlatova, S. S. Ramazonova, A. H. Hakimov, M. X. Komilova, A. A. Vasilyev, M. A. Karimov, A. Marupov, R. Teshabayeva, D. Haydarov, I. M. Kiganova, H. Tillayev va boshqa gʻoʻza kasalliklarini oʻrganishga katta hissa qoʻshdilar. U. U. Rasulev, S. Nigmanova gʻoʻzaning fuzarioz va ildiz chirish kasalliklari, V. I. Serbinov sabzavot ekinlari, E. A. Xolmurodov meva va sabzavotlarni saqlashdagi kasalliklari, O. S. Zubritskaya lub ekinlari, X. Qodirov, X. Hoshimov tok kasalliklari, M. Joʻrayev yongoqdaraxti kasalliklari, I. M. Azimjonov, A. Sheraliyev, M. A. Zuparov tut kasalliklariga qarshi kurash choratadbirlarini ishlab chikdilar. Hozirgi bu tadbirlar keng qoʻllanilmoqda.

Uzbekistonda fitopatologiya muammolari bilan Oʻzbekiston oʻsimliklarni ximoya kilish ilmiy tadqiqot instituti, Genetika va oʻsimliklar eksggerimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugchiligi ilmiy tadqiqot instituti, oliy oʻkuv yurtlarining ixtisoslashgan fitopatologiya kafedra va tajriba styalari va boshqa muassasalar shugʻullanadi.

Sayyora Murodova, Mirakbar Zufarov.