Fitotron (fito... va throns — makon, turar joy) — oʻsimliklarni sunʼiy boshqariladigan sharoitlarda oʻstirishga moʻljallangan bino. Oddiy F. vegetatsiya shkafidan, murakkabrogʻi vegetatsiya kamerasidan, mukammali koʻp kamerali (xonali) sunʼiy iklim styasidan iborat. F.da hayot omillarini oʻzgartirish orqali oʻsimliklarda kechadigan jarayonlar yorugʻlik, tuproq va havo namligi, muhit harorati va boshqa omillarga bogʻliq holda yil boʻyi oʻrganiladi. F.da turli iklimiy sharoitlarni qosil qilish, yiliga bir necha marta hosil olish bilan seleksiya va boshqa ilmiy tadqiqot jarayonlarini tezlashtirishga erishish mumkin.

Dastlab F. 1949-yilda AQSH (Kaliforniya) da barpo etilgan. Uzbekistonda birinchi F. 1987-yilda Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot intida ishga tushirildi. Bu F. majmuining umumiy maydoni 22 ga, uning tarkibida maydoni 1500 m2 boʻlgan seleksion issiqxona; har birining maydoni 36 m2 boʻlgan 14 boks seleksiya issiqxonalari, reproduksion issiqxona (maydoni 2 ga); laboratoriyai.ch. korpusi va iklim kamerali zal va boshqa yordamchi inshootlar tarmogʻi bor.

F.ni yoritishda katta quvvatli isitish lampalari ishlatiladi. F.ning oʻsimliklar oʻsadigan zonasida havo harorati 18°—32° atrofida, havo namligi 60—75% ni tashkil etadi.