Fizika (qadimgi yunoncha: Φυσικά) — Aristotelning Fizikaning fan sifatida (Nyutongacha boʻlgan, ibtidoiy fan maʼnosida) yetishib chiqishida hal qiluvchi rol oʻynagan fundamental asari boʻlib, u sakkiz kitobdan iborat. Unda Fizika tabiat haqidagi fan emas, balki kategoriyalari vaqt, boʻshliq va makonni talab mavjudligini talab qiluvchi harakat haqidagi taʼlimot sifatida koʻriladi.

Fizika
Asl nomi Φυσικά
Muallif(lar) Aristotel
Janr(lar)i Traktat

Mazmuni

tahrir

Birinchi kitob

tahrir

Birinchi kitobda Aristotel Eley maktabi vakillarining harakatning imkonsizligi to'g'risidagi fikrlarini muhokama qiladi, zero ularning fikricha yo'qlikdan yo'qlik paydo bo'lishi mumkin emas edi. Ya'ni, ushbu maktab vakillarining qarashlariga ko'ra, Olam yo'qlikdan paydo bo'lgan, harakatning paydo bo'lishi ham niyohada olamning paydo bo'lishi bilan bog'lanadi. Olam yo'qlikdan paydo bo'lgan ekan, harakat mavjud, deb hisoblash uning ham yo'qlikdan kelib chiqqan, deyish bilan barobardir. Aristotel Eley maktabi vakillarining o'sha fikriga qarshi chiqadi. Aristotel kitob oxirida yo'qlikdan borliqning paydo bo'lishi ehtimoli to'g'risida o'z tezisini bildiradi va buni asoslash uchun ehtimollik va voqelik, shuningdek shakl va materiya to'g'risidagi qarashlarini bayon qiladi.

Ikkinchi kitob

tahrir

Ikkinchi kitobda Aristotel Tabiat (yunoncha Φύση) to'g'risida so'z yuritadi va harakatning ham, harakatsizlikning ham ibtidosi tabiatda yashirin ekanligini ilgari suradi. U Tabiatni San'atga qarshi qo'yadi va materiya va shaklning kelib chiqishi Tabiatga bog'liq, degan fikrlarni ilgari suradi. Keyinroq u to'rt sabab to'g'risidagi fikrlarini keltiradi va tasodif va zaruriyat to'g'risidagi g'oyalarini keltiradi.

Uchinchi kitob

tahrir

Uchinchi kitobda Aristotel Tabiatni harakat bilan ayniylashtiradi va shu lahzadan boshlab uning diqqat markaziga Harakat (yunoncha κίνησις) chiqadi. Harakat ehtimollikdan voqelikka o'tish bosqichidir va u Zamon, Makon va Bo'shliq tushunchalari bilan chambarchas bog'langan. Aristotel kitobni cheksizlikni muhokama qilish bilan yakunlaydi.

To'rtinchi kitob

tahrir

To'rtinch kitobda u harakatning asosiy ko'rinishi sifatida bir joydan ikkinchi joyga ko'chib o'tishni keltiradi va bunda asosiy omil sifatida Makon maydonga chiqadi. U Makonning ko'rinishlari sifatida Bo'shliq (yunoncha κενόν) va Tartibsizlik (Xaos)ni ham ko'rib chiqadi. "Vaqt o'zgarishni o'lchovchi vositadir" (yunoncha "ὁ χρόνος ἀριθμός ἐστιν κινήσεως") degan fikrini Aristotel ilgari surgan.

Beshinchi kitob

tahrir

Beshinchi kitobda Aristotel kelib chiqish va yo'qolish hodisalarini muhokama qiladi. Unda Aristotel falsafiy kategoriyalar ustida mushohada yuritib, harakat ularning har qaysisiga emas, balki sifat, miqdor va makongagina xosdir, degan fikrni ilgari suradi.

Oltinchi kitob

tahrir

Oltinchi kitobda Aristotel Zamonning uzluksizligini ilgari suradi va Zenonning fikrlarini tanqid qiladi. U harakatning mavjudligini, undan tashqari, agar aylana harakat bo'ladigan bo'lsa, uning cheksiz harakat ekanligini ilgari suradi.

Yettinchi kitob

tahrir

Yettinchi kitobda Aristotel Birlamchi dvigatel to'g'risida fikr yuritadi, zero uning fikricha, har qanday harakat qandaydir yo'l bilan boshlanishi kerak. Aristotel birinchi harakatni ko'chib o'tish (yunoncha φορᾶς) deb nomlaydi va uning to'rt ko'rinishi: tortilish, itarilish, ko'tarilish va aylanishni keltiradi.

Sakkizinchi kitob

tahrir

Sakkizinchi kitobda Aristotel harakatning abadiyligi masalasini ko'taradi va paradokslar ustida fikr yuritadi. Qolaversa, uning fikricha, abadiy aylana harakatning sababi harakatsiz Birlamchi dvigatel (yunoncha πρώτως κινοῦν) bo'lishi kerak. Birlamchi dvigatel yagona va abadiy bo'lishi kerak. Aylana shaklidagi harakat (yunoncha κυκλοφορία), Aristotel fikricha, to'g'ri chiziqli harakatdan ko'ra mukammalroq va qadimiyroqdir.

Iqtiboslar

tahrir

Harakatdan bexabarlik muqarrar tarzda tabiatdan bexabarlikni keltirib chiqaradi - III Kitob.

Vaqt - harakat o'lchamidir - III Kitob.

Birlamchi, harakatsiz dvigatel mavjud - VIII Kitob.

Harakat doimo mavjud bo'lishi kerak - VIII Kitob.

Aylana harakat to'g'ri chiziqli harakatdan ko'ra birlamchiroqdir - VIII Kitob.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Физика. Аристотель, перевод В. П. Карпова.