Florence Naghtingle( 12-may, 1820-yil, Toskana knyazligi, Florensiya, Italiya ) — Florens Naytingeyl 1820-yil 12-mayda Florensiyaning,Toskana Buyuk knyazligida boy oilada tugʻilgan.Uning otasi Uilyam Edvardildingle boy yer egasi hisoblangan.Onasi Frensis Smit boʻlgan. Florensning millati ingliz boʻlgan.


Ish faoliyati tahrir

U yoshligidan odmalarga yordam berib, ularni kasallik va oʻlim haqida ogohlantirardi.20 yoshligidan hamshira boʻlishni orzu qila boshlagan.Ammo oʻsha paytlarda hamshiralar haqida asossiz, beʼmani, buzuq fikrlar mavjudligi sababli, bu orzusini bajarish amri mahol edi.U 33 yoshida kasalxonada ishlab tajriba orttirgach, „Shafqat hamshirasi“ katolik muassasini boshqara boshlaydi.1853-yilda Florens Naytingeyl Londondagi xasta ayollarni davolash muassasida nazoratchi boʻlib ishlaydi.Nazoratchi sifatuda ish olib borgan chogʻida Naytingeyl hamshiralarni tayyorlash maxsus maktablarini ochish zaruryati borligini taklif etadi.1854-yilda Turkiya bilan Rossiya oʻrtasida urush kechayotgan vaqtda ,Angilya qoʻshinlarini Turkiyaga yordamga berish uchun Qrimga joʻnatadi.Urushda yaralangan Angilya askarlariga hech qanday yordam koʻrsatilmasdan, ular Uskudardagi Angilya harbiy gospitaliga joylashtiriladi.Shu yilda Florens Naytingeyl boshchiligida 38 ta tibbiyot hamshirasidan iborat otryad gospitilga yetib keladi.U gospitilda ish jaroyanida aseptika va antiseptika qoidalariga qattiq rioya qilar edi.jamoat ishlari bilan band boʻlishiga qaramasdan, kechalari bemorlarga yordam berar edi.U 1856-yil iyul oyida 36 yoshida mashhur hamshiraga aylanadi.

1857-yil "Angilya armiyasida Sogʻliqni saqlash, gospitalarini unumli bosharish masalalari boʻyicha mulohazalar " kitobini yozadi. Shuningdek u „Parvarish haqida xotiralar“kitobini ham yozadi.

Jahon miqyosida xotirasi tahrir

Florens Naytingeyl hamshiralikni kasb sifatida rivojlantirish uchun ancha samarali mehnat qildi.Jumladan, uning modellari boʻyicha YEvropada, soʻngra Amerikada birinchi hamshiralar maktabiga asos solinadi.Xalqaro Qizil Xoch jamiyati 1912-yili „Florens Naytingeyl“ medalini taʼsis etadi.Harbiy harakatlar sohasida qahromanlik koʻrsatgan hamshiralar bu medal bilam taqdirlanadi.Shu jumladan Ikkinchi Jahon Urushida Sobiq Ittofoqdan 46 nafar hamshira bu medal bilan taqdirlandi.Oʻzbekistonlik hamshira Matluba Eshonxoʻjayevaham fidokorona mehnatlari uchun bu medalga sazovor boʻlgan.

Xotirasi tahrir

Florens Naytingeyl bemor askarlardan yarim tunlarda ham hol-ahvol soʻrab yurushi xalq tilida"Chiroq bilan Xonim"The Lady with a Lamp afsonaga aylangan. 1857-yilda Amerika Longfello „Muqaddas Filiomen“ poemasini Florens Naytingeylga bagʻishlaydi.1951-yilda Britanyalik tarixiy film rejissori Herbert Vilkox „Chiroq bilan Xonim“filmini yaratadi. 2002-yilda"100 ta eng katta ingliz"soʻrovida Florens Naytingeyl nomi 52 oʻrinni egallaydi. 12-may Florens Naytingeylning tugʻulgan kuniga bagʻishlab „Xalqaro hamshiralar kuni“ deb nishonlanib kelmoqda.Bir soʻz bilan aytganda Florens Naytingeyl „Shavqat hamshirasi“ timsoliga aylanib qoldi.U 1910-yil 13- avgustda 90 yoshida Londonda vafot etadi.U Xampshirning okrugidagi Sharq-Uilla cherkoviga dafn qilinadi

Adabiyotlar tahrir

1."Hamshiralik ishi asoslari „Inomov Qodirxon.ISBN raqami978-9943-07-008-0 2.“Hamshiralik ishi asoslari"K.Oʻ.zakirova,D.Oʻ.Toʻxtamatova.,S.A.Mirzahoyeva.ISBN raqami 978-9943-16-093-4

Manbalar tahrir

uz.warbletcouncil.org m.youtube.com>watch