Florida Xalqaro universitetining tarixi

Florida xalqaro universiteting tarixi Miami dagi yuqori taʼlimning eng birichi jamoat instituti va Janubiy Florida dagi eng katta univerisitet,1965-yilda shaharning birinchi davlat universitetini rejalashtirish boʻyicha qonun loyihasini kiritish bilan boshlangan. Florida Xalqaro universiteti 1969-yilda Florida qonun chiqaruvchi organi tomonidan kosmik grant universiteti sifatida tashkil etilgan. Florida International Florida shtati universiteti tizimidagi eng yosh, lekin ikkinchi yirik universitetlardan biridir. Florida Internationalning 1972-yildagi ochilishi 5667 ta talabaning qatnashishi bilan AQSH kollejlari tarixidagi eng yirik roʻyxatga olish boʻldi[1].

Several modern buildings in the distance of a landscaped plaza with palm trees at sunset
Grahman universiteti markazi va Yashil kutubxona kampusning asosiy qismi hisoblanadi.

Dastlabki yillar

tahrir

1943-yilda shtat senatori Ernest 'Cap' Grahman (Floridaning boʻlajak gubernatori va AQSH senatori Bob Grahamning otasi) shtat qonun chiqaruvchi organiga Miami-Dade okrugida davlat universitetini tashkil etish boʻyicha dastlabki taklifni taqdim etdi, uning loyihasi qabul qilinmagan boʻlsa-da, Graham hamkasblariga tumanning davlat universitetiga ehtiyoji borligi haqida maslahat berib, oʻz fikrini qaʼtiylik bilan bildirishda davom etdi[2] 1964-yilda Senat 711-sonli qonun loyihasi Florida senatori Robert M.Haverfild tomonidan tanishtirilgan[3] va u shtat Taʼlim Kengashi va Regentlar Kengashi ga (BOR) davlat universitetini rivojlantirishni rejalashtirishini buyurdi. Qonun loyihasi 1965-yil iyun oyida oʻsha paytdagi gubernator W.Haydon Burns tomonidan imzolandi. FIU asoschisi Charles „Chuck“ Perry 1969-yil iyul oyida Regentlar kengashi tomonidan tayinlangan, oʻsha paytda institut Florida Xalqaro Universiteti deb nomlangan edi[4]. 32 yoshlik yangi prezident Davlat universitetlari tizimi tarixidagi eng yosh universitet prezidenti va oʻsha mamlakatdagi eng yosh youniversitet prezidenti edi[5]. Perry uchta hammuassisi — Bulter Waugh, Donald McDowell va Nick Sileoni ishga oldi. Alvah Chapman, Jr., Miami Heraldning sobiq noshiri va Knight Ridder raisi, 1980-yillardagi saʼy-harakatlar yordam berishi uchun oʻzining fuqarolik pozitsiyasi va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan. Chapman FIU Jamgʻarmasi Vasiylik kengashining raisi boʻldi[2].

Manbalar

tahrir
  1. https://www.fiu.edu/about/history/index.html
  2. 2,0 2,1 „History from 1943 to 1979“. 2-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2007-yil.
  3. „New Bills In Florida Legislature“. The Tampa Tribune (1-may 1965-yil), s. 9-A. 8-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  4. „Dr. Perry, 32, Gets New University Post“. Fort Lauderdale News. Associated Press (11-iyul 1969-yil), s. 1A. 8-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  5. McDermott, John. „Regents Name Perry Dade U. President: Tamiami Airport Is Initial Site“. The Miami Herald (12-iyul 1969-yil), s. 2-B. 9-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.