Flynn Clarke (talaffuzi:  Flin Klark) (2002-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Flynn Clarke Angliya chempionatining „Norwich City“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Flynn Clarke
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Flynn Clarke[1]
Tavallud sanasi 19-dekabr 2002-yil (2002-12-19) (21 yosh)
Tavallud joyi Peterborough, Angliya
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Norwich City
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2019 Peterborough United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2021 Peterborough United 4 (0)
2021 Norwich City 0 (0)
2022Walsall (ijara) 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-sentyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Flynn Clarke 9 yoshida „Peterborough United“ akademiyasida futbol oʻynashni boshlagan[2]. 2019-yil iyul oyida „Deeping Rangers“ klubiga qarshi kechgan oʻyinda Flynn Clarke yarim himoyachi sifatida maydonda harakat qildi[3][4]. Flynn Clarke 17 yoshida oʻzining professional faoliyatidagi birinchi shartnomasini imzolashga muvaffaq boʻldi[5]. Flynn Clarke 2020-yil sentyabr oyida EFL kubogining birinchi bosqichi doirasida boʻlib oʻtgan „Cheltenham Town“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining jamoadagi dastlabki debyut oʻyinini oʻtkazdi[6]. Flynn Clarke „Peterborough“ klubi safidagi birinchi golini EFL kubugi doirasida boʻlib oʻtgan „Burton Albion“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritdi[7][8].

Flynn Clarke 2020-yil oktyabr oyida Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga tanlangan edi.

2021-yil 24-iyunda Flynn Clarke nomaʼlum toʻlov evaziga „Norwich City“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Flynn Clarke 2021—2022-yilgi mavsumda „Norwich City“ klubining 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasiga qabul qilindi. Bu klub bilan Flynn Clarke Premer-ligada markaziy yarim himoyachi sifatida faoliyat olib bordi. Flynn Clarke bu pozitsiyadan dastlabki 10 ta oʻyinda jamoasi uchun raqib darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Flynn Clarke 2022-yil yanvarida Premer-liga kubogi doirasida boʻlib oʻtgan „Reding“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) ikkita gol urdi[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni Oʻyinlar Gollar soni
Peterborough United 2020—2021[10] Birinchi liga 4 0 1 0 1 0 5 3 11 3
Norwich City 2021—2022[11] AngliyaPremer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
Walsall (ijara) 2022—2023[12] Ikkinchi liga 0 0 0 0 2 0 1 0 3 0
Umumiy 4 0 1 0 3 0 6 3 14 3

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Peterborough United“. English Football League. Qaraldi: 19-dekabr 2019-yil.
  2. „Clarke Pens Professional Contract“. Peterborough United. Qaraldi: 19-dekabr 2019-yil.
  3. „Deeping Rangers (Posh XI) vs Peterborough United“. Peterborough United. Qaraldi: 16-dekabr 2019-yil.
  4. „vs Arsenal U21 on 01 Oct 19“. Peterborough United. Qaraldi: 16-dekabr 2019-yil.
  5. „Clarke Pens Professional Contract“. Peterborough United. Qaraldi: 19-dekabr 2019-yil.
  6. „Peterborough United vs Cheltenham Town“ (5-sentabr 2020-yil).
  7. „Penalty Success For Posh After Entertaining Encounter“. theposh.com (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2020-yil.
  8. „Accrington Stanley v Posh“. theposh.com (12-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2020-yil.
  9. „Flynn Clarke nets double to keep Norwich City's hopes of PL Cup progression alive“.
  10. „Games played by Flynn Clarke in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 27-noyabr 2020-yil.
  11. „Games played by Flynn Clarke in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-sentabr 2022-yil.
  12. „Games played by Flynn Clarke in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-sentabr 2022-yil.