Flyura Asqarovna Abbate-Bulatova (1963-yil 9-sentyabr, Samarqand, SSSR) — sovet va italiyalik sportchi, stol tennischisi, olti karra Yevropa chempioni (yakkalik, juftlik va jamoaviy bahslarda), olti karra SSSR chempioni, Yevro TOP-12 turniri gʻolibi. 1986, 1988-yillarda SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi.

Flyura Bulatova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Sovet IttifoqiItaliya
Tavallud sanasi 1963-yil 9-sentyabr
Samarqand
Sport
Qaysi sport Stol tennisi
Faol tomoni oʻnaqay

Biografiyasi tahrir

Flyuraning birinchi ustozi toshkentlik murabbiy Mixail Borisovich Shmukler boʻlgan.

Olti karra SSSR chempioni, SSSR chempionatlarida turli nomdagi 15 ta medal sohibasi hisoblanadi.

Olti karra Yevropa chempioni, Yevropa chempionatlarida turli nomdagi 10 ta medalini qoʻlga kiritgan.

U ikkita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan — 1988-yilda SSSR terma jamoasi tarkibida va 1996-yilda Italiya terma jamoasi tarkibida[1]. 1988-yilgi Olimpiada oʻyinlarining yakkalik bahslarida sportchi oʻz kichik guruhidagi barcha beshta uchrashuvda gʻalaba qozongan, 1/8 finalda u gonkonglik Mok Ka Shani 3:2 hisobida magʻlub etgan, ammo 1/4 finalda Flyura boʻlajak xitoylik chempion Chen Jingga 0-3 (4 −21, 11-21, 2-21) imkoniyatni boy bergan. Juftlik bahslarida Bulatova Yelena Kovtun bilan birga 1/4 finalda yaponiyalik juftlikka yutqazgan. 1996-yilgi Olimpiada oʻyinlarida yakkalik bahslarida qatnashib, guruh bosqichida ikkita oʻyinda gʻalaba qozongan. Keyingisida guruhdan chiqish vazifasini uddalay olmagan.

Flyura 1988-yilda SSSR terma jamoasi murabbiylar shtabining baʼzi vakillari bilan kelishmovchilik tufayli SSSR terma jamoasida oʻynashni toʻxtatgan[2].

1994—1996-yillarda Italiya terma jamoasi tarkbida oʻynagan.

1997-yilda Flyura oʻzining sobiq murabbiyi, rossiyalik stol tennischisi Stanislav Gomozkovga turmushga chiqgan. Hozirda Italiyada yashaydi.

Oʻyin uslubi tahrir

Flyura Bulatova oʻng qoʻlda va himoyaviy baxslarda juda kuchli hisoblanadi.

Manbalar tahrir

  1. „Flyura Bulatova-Abbate Bio, Stats and Results“. 2011-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-sentyabr.
  2. „Флюра Булатова НЕ ПО ПУТИ“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.