Flyuslar
Flyuslar (nem. Flus — oqim) (metallurgiyada) — metallarning kavsharlanadigan yoki payvandlanadigan sirtida hosil boʻluvchi oksidlarni eritib yuborish, shlak hosil qilish, metall tarkibini kerakligicha oʻzgartirish uchun moʻljallangan material. Asosli (ohak, dolomit, pirit qoldigʻi, kaltsiy, soda va boshqalar), kislotali (kvars, qum,. qumtuproqli chaqmoqtosh) va neytral (boksit, plavik shpati va boshqalar) xillari bor. Metallarni kavsharlash va payvandlashda flyus sifatida kanifol, rux xlorid, ammoniy xlorid va boshqa ishlatiladi. Rangli metallar va qotishmalarni oksidlanishdan saqlashda ishqorli va ishqorli-yer metallar (tosh tuz, silvinit, kornallit, bura va boshqalar) xloridlari va ftoridlaridan foydalaniladi. Yoyli elektr payvandlash ishlari bevosita maxsus tayyorlangan flyus ostida bajariladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |