Foizli svop
Foizli svop (inglizchada: interest rate swap, IRS) - bu ikki tomon o'rtasidagi kelishuv ko'rinishidagi hosilaviy moliyaviy vosita bo'lib, ma'lum bir sanada bir tomon boshqa tomonga ma'lum miqdorda belgilangan foizlarni to'laydi va ikkinchi tomondan o’zgaruvchan stavkadagi foizlar miqdorida (masalan, LIBOR bo'yicha) to'lovni oladi.[1]
Boʻlgʻusi stavka kelishuvi (inglizchada: Forward Rate Agreement) standartlashtirilgan foiz svopi.[2]
Foiz svoplari odatda aktivlar va passivlar bilan operatsiyalarni sugʻurtalashda qatʼiy belgilangan stavkalarni oʻzgaruvchan stavkalarga va aksincha yoʻnalishda oʻzaro oʻtkazish uchun qoʻllanadi. Foiz stavkasi almashinuvi boʻyicha pozitsiya shartnoma taraflari uchun foiz va kredit risklarini oʻz ichiga oladi.[3]
Izoh
tahrirFoiz svoplari turli xil investitsiya strategiyalarida qoʻllanadi. Ular mashhur xedjlash va moliyaviy spekulyatsiya vositasi hisoblanadi.
Xedjlash
tahrirSvop kelishuvi boʻyicha foiz stavkasini qatʼiy belgilash foiz stavkalarining pasayib ketishidan himoyalanish imkonini beradi. Boshqa tomondan, kontragent pastroq foiz stavkalaridan foyda oladi.[4]
Spekulyatsiyalar
tahrirFoiz svopi boʻyicha pozitsiyaga kirishning chegarasi pastligi tufayli, ular foiz stavkalari harakati yoʻnalishida spekulyatsiya qiluvchi treyderlar tomonidan keng qoʻllanadi.[5]
Shunday qilib, narxning tushishi kutilayotgan asosiy aktiv boʻyicha toʻlaqonli qisqa pozitsiyani ochish oʻrniga, treyder faqat ana shu davr uchun foiz stavkasini belgilaydigan svop shartnomasini tuzishi yetarli boʻladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Interest Rate Swaps“. global.pimco.com. 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
- ↑ „Hedge accounting: What are the benefits of a dynamic risk management strategy?“. bloomberg.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
- ↑ „Swap Trading“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
- ↑ „Interest Rate Swap“. investopedia.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
- ↑ „An In-Depth Look at the Swap Market“. investopedia.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |