Fonoteka (fon... va yun. theke — narsalar saqlanadigan joy), fonogramarxiv — muayyan tartibda saqlanadigan ovoz (musiqali, adabiy, hujjatli, maxsus oʻquv va boshqalar) yozuvlari (fonogrammapar) toʻplami, ovoz yozuvlarini toʻplovchi, qayta ishlovchi, saklovchi muassasa. Yevropada 19-asr oxiri — 20-asr boshida yuzaga kelgan (Avstriya Fanlar akademiyasi fonotekasi, 1899; Berlin psixologiya instituti fonotekasi, 1900 va boshqalar). Universal hamda ixtisoslashtirilgan (mas, kinostudiyalardagi) fonotekalar mavjud. Oliy, oʻrta maxsus (ayniqsa, musiqa, teatr, pedagogika va boshqalar) oʻquv yurtlarida oʻquv fonotekalar keng tarqalgan. Oʻzbekiston Oʻzteleradiokompaniyasining Radio uyi, Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi va boshqalarda yirik fonotekalar mavjud.