Forsunka (ing. force — bosim bilan xaydash) — suyuq yonilgilarni zarralar tarzida purkash uchun moʻljallangan qurilma. Yonilgʻilar bosim ostida yoki siqilgan gaz, bugʻ taʼsirida purkaladi. Yonilgʻi forsunkadan uzluksiz (oʻchoqlar, gaz turbinali va reaktiv dvigatellar, kavsharlash lampalari va boshqalarda) yoki qisqaqisqa vaqt oralatib (dizellar va boshqalarda) purkalishi mumkin. Forsunkaning markazdan qochma, uyurmali, aylanma toʻzitgichli, oqma, shtiftli, gaz purkaydigan va boshqa turlari bor. Forsunkalarda berilayotgan yonilgʻi miqdorini oʻzgartiradigan klapani (mas; nina) boʻladi. Klapanni qoʻlda, berilayotgan suyuklik taʼsirida yoki avtomatik kurilmalar yordamida boshkariladi. Gazsimon yoki changeimon yonilgʻini purkash uchun moʻljallangan forsunkaga oʻxshash kurilma gorelka deb ataladi. Forsunkalar isitish krzonlari, pech agregati, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladi.