Fotima AbushanabRecep Tayyip Erdoğanning xalqaro tashriflarida Prezident uchun tarjimon sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, Fotima Abushanab Turkiya raisligida ham xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis.

Fatima Abushanabning rasmi

Taʼlimi

tahrir

Fotima Abushanab Jorj Meyson (George Mason) (Amerika Qoʻshma Shtatlari) universitetida hukumat va xalqaro siyosat boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

U Jorjtaun (AQSh) universitetida aspiranturada oʻqishni davom ettirgan va u yerda musulmon-xristian munosabatlariga eʼtibor qaratgan holda liberal tadqiqotlar boʻyicha magistr darajasini olgan.

Vashingtondagi faoliyati davomida u Becketfund Diniy Ozodlik Tashkiloti, Vudro Vilson Xalqaro Olimlar Markazi va AQSh Kongressida ilmiy yordamchi lavozimlarida ishlagan. Uning ilmiy qiziqishlari orasida ijtimoiy harakat nazariyasi, dunyoviylikdan keyingi diniy nazariya, shuningdek, siyosiy antropologiya va din sotsiologiyasi kiradi.

Hozirda Yildirim Beyazit (Turkiya) universitetining Xalqaro aloqalar boʻlimida PhD talabasi.

Oilasi

tahrir

Otasi Ali Ahmad Abushanab, onasining ismi Merva Kavakchi. Mariam Kavakchi ismli singlisi bor.

Fotimaning onasi Merva Kavakshi turkiyalik siyosatchi boʻlib, u ham butun dunyoga mashhur. Mashhurligining sababi 1999-yil 2-may kuni Kavakchi Demokratik Soʻl Partiya aʼzolari tomonidan qasamyod qilish marosimida roʻmoli tufayli qasamyod qilishdan chetlashtirilgan edi va bu oʻsha paytlarda matbuotda juda keng muhokamalarga sabab boʻlgan. Ammo keyinchalik 2001-yilda baribir qasamyod qilishga erishgan va oʻz oʻrniga qayta tiklangan.

U Garvard universitetida magistr darajasini va Xovard universitetida PhD darajasini olgan. U ikki farzandning onasi: Fotima Abushanab va Mariam Kavakchi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir