Fotometr (foto... va ...metr) — fotometrik kattaliklar (yoruglik kuchi, yoruglik energiyasi, yoritilganlik, nurlilik, yorituvchanlik, yoruglik ekspozitsiyasi), shuningdek, optik materiallarning yorugʻlik xarakteristikalari, mas, yoruglik yutish va kaytarish koeffitsiyentlari va boshqa oʻlchanadigan asbob. Fotometr yasalishi va ishlash prinsipiga koʻra, vizual, fotoelektrik, taqsimlash, integrallovchi, sharli va boshqa xillarga boʻlinadi. Fotometr gaz, qattiq va suyuq moddalarni tekshirishda, optik tizimlarda ishlatiladi.