Stefen Kristofer Sanchez (2002-yil 3-noyabrda tug'ilgan) - Amerikalik qo'shiqchi va musiqa yozuvchisi. Sanchez o'zining ilk debyutini 2021-yilning oktyabr oyida "What Was" hamda "Not Now" qo'shiqlari bilan boshlagan. 2021-yil 1-sentyabrda, Sanchez o'zining eng mashhur qo'shiqlaridan biri "Until I found you" musiqasini chiqardi. Ushbu musiqa Billboard Hot 100'da 23-, Avstraliyaning ARIA Chart'da 8- va UK Singles Chart'da 14-o'rinni olgan.Ushbu qo'shiq Billboard Music Awards hamda MTV Video Music Awards da "Yilning eng yaxshi ijrochisi" va "Eng yaxshi rok musiqasi" nominatsiyasini 2023-yilda qo'lga kiritgan. Yana iHeartRadio Music Awards va People's Choice Awards'da "Yilning yangi musiqachisi" nominatsiyasini olgan.