Foydalanuvchi:Abbos1202/Dharma
DHARMA (sanskritcha) — 1) hind falsafasi va koʻpgina dinlaridagi bir necha maʼnoga ega boʻlgan asosiy tushunchalardan biri; abadiy axloqiy qonun; toʻgʻri yashash uchun belgilangan axloqiyijtimoiy qoida (burch) — bu maʼnoda har qaysi odam oʻz Dharma siga ega.
2) Budda diniy taʼlimotiga koʻra, — butun mavjudot va odam hayoti psixofizik belgilarining birlamchi unsurlari. Dharma abadiydir, doimo paydo boʻlib, yoʻqolib turadi; ularning tugʻyoni azob-uqubatlar manbai boʻlib, nirvana holatida toʻxtaydi.
Manba