Foydalanuvchi:Abbosova02/qumloq
Al-Muhalhil Islomgacha boʻlgan shoirlardan bizga maʼlum boʻlgan dastlabki vakillari orasida tagʻlib qabilasidan chiqqan Al-Muhalhil (VI asrning ikkinchi yarmida vafot etgan)ham bor. Rivoyatlarga koʻra, u faris, yaʼni sahroning jahongashta mardumi(ritsari)boʻlgan hamda sarguzashtlar va muhabbatga toʻla hayot kechirgan. Odatda shoirning tarjimai holi yarim afsonaviy xususiyatga ega <<Al-Basusaning tuyasidan kelib chiqgan urush>> tarixi bilan bogʻlanadi.
Ijodi
tahrirBizgacha al-Muhalhilning kam sonli sheʼrlari yetib kelgan. Ular asosan Kuleyb akasining oʻlimiga bagʻishlangan uning risosi edi. Saqlanib qolgan va atigi 30 baytdan iborat boʻlgan ushbu qasidada shoir,Kuleybning jasurligi va olijanobligi, jang maydonidagi jasurligi, otda yurish mahorati va hattoki doʻstona bazm-u jamshidlardagi chidamliligi, umuman olganda, barcha badaviy ustunliklarni kuylagan hamda nihoyatda alamli hayqiriqlarda oʻz gʻam-gʻussasini ifodalagan. Sheʼrning ifodaliligini kuchaytirish uchun al-Muhalhil soʻzlarda majozlardan foydalangan. Ular sheʼrga gʻam alamli ohangdorlik bagʻishlagan. Natijada u dafn marosimidagi yigʻini eslatgan. Takrorlanuvchi baytlar, shaklan dafn marosimlardagi qoʻshiqlarga borib taqaladi. Al-Muhalhil sheʼriyati hali sodda. Unda keyinchalik anʼanaviy boʻlib qolgan murakkab kompozitsiya yoʻq. Bunday kompozitsiyalarni biz ancha keyin yashab oʻtgan johiliyat davri shoirlarida koʻramiz.
Manbalar
tahrirMumtoz arab adabiyoti 2012 19-sahifa