Foydalanuvchi:Abdinabiyev Sanjarbek Shuxratovich/qumloq

ALTERNAT - (lot. alternare - navbatma-navbat) Xalqaro shartnomaning matnini navbat bilan imzolash turi bo‘lib. Bu hozirgi xalqaro huquqda uchraydigan me’yorlardan biri hisoblanadi, unga ko‘ra xalqaro bitimning kelishayotgan tomon uchun mo‘ljallangan nusxasida birinchi o‘rinda davlat nomi (tomonlarning umumiy ro‘yxatida), vakil qilinganlar imzolari, muhr va shartriomaning mazkur tomon davlat tilidagi matni joylashtirilishini anglatadi. Alternat deb уana shartnomaning imzolanganidan so‘ng shu tomonda qoladigan nusxasi ham tushuniladi. Ikki tomonlama shartnomalar imzolanishi navbat bilan, ya’ni altemat tartibida amalga oshiriladi. Alternat tartibi davlatlar vakillarining imzolarini birining qarshisiga ikkinchisini yoki kelishilgan alfavit asosida birining ostiga ikkinchisini qo‘yilishini bildiradi. Asl nusxalari (ikki tilda) saqlanadigan davlat vakili o‘z imzosini chap tarafga (arab tilida bo‘lsa — o‘ng tarafga) qo‘yadi. Bunday holatda shu davlatning nomi ro‘yxatda birinchi o‘rinda bo‘ladi.[1]

tahrir
  1. Isroil Shamsimuxamedov. DIPLOMATIK TERMINLAR IZOHLI LUG‘ATI (UZBEK). «DONISHMAND ZIYOSI, 2021.